So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   2 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  3 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  14 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

O'tmishning top-klublari Yangiliklar

O'tmishning top-klublari

10 yil davomida Italiyaning afsonaviy “Milan” jamoasi jahonning eng yaxshi klubi nomini yo'qotdi va A seriya o'rtamiyona klubiga aylanib qoldi.

“Spagetti” yurti bo'lmish jamoaning o'ziga xos inqirozi cho'zilib ketti, ammo hali umid bor, nazarimizda. Yaqin vaqtlarda yoki xitoyliklar puli yoki Berluskoni bobo klubni so'nggi 5-6 yildan beri “o'ralashib” qolgan quyi pog'onalardan yuqori cho'qqilarga qaytarishi mumkindek.

SHunday qilib, bugun etiboringizga bir necha yillar sezilarli darajada “shovqin-suron” qilgan va oxir-oqibatda “radar”larga yo'liqib, o'zini o'nglay ololmagan top-klublar haqida suhbatlashamiz.


1. “Deportivo”


La-Korunyadan kelgan bu eng ajoyib jamoa 90 yillarda maydonni ancha qizdirib, havas qilsa arzigudek klub bo'lgandi. Hattoki, 2000 yil Ispaniya CHempionatida Lui Van Gal qo'l ostidagi “Barcelona”ni ham ortda qoldirib ketgan. O'sha yillardagi “Depor” nafaqat Ispaniyada, balki Evropada ham eng kuchli jamoalardan biri edi. Fran, Jalminya, Diego Tristan va Valeron kvartetining yorqin va yuqori bosimga asoslangan hujumkor o'yini raqib himoyachilarni qo'rquvga solgandi.

“Deportivo” eng yaxshi mavsumini 2004 yil CHempionlar Ligasida o'tkazgan. Unda yarim finalgacha chiqqan va Ispaniyada 3-o'rinni egallagan. O'shandan keyin la-korunciyaliklar bunchalik yuqori cho'qqini zabt etolmadilar. Moliyaviy muammolar klubni har tarafdan “o'rab” olgandi. SHu sabab, u “yulduz”lardan iborat tarkibni yo'qota boshladi va asta-sekin ro'yxatning o'rta-miyona jamoasiga aylanib qoldi. 2011 yil esa batamom Segunda divizioniga tushib qoldi. SHunga qaramay, bir yildan so'ng, jamoa o'z holatiga qaytishni boshlagan edi hamki, afsuski, bu uzoqqa cho'zilmadi. CHunki u baribir 15-20 yil oldingidek “Depor” bo'lolmadi. Ha, uning faqat nomi qolgandi, o'zi esa qarz va moliyaviy muammolarga “o'ralib” qolgan jamoa edi, xolos. Oxirgi mavsumda “Deportivo” La Ligani tark etishga tobora yaqin bormoqda va yaqin kelajakda o'sha shonli davrlar qaytishi amri-maholdek. Aksincha, shu ketishda jamoa yana Segundaga ravona bo'ladi, chog'i…


2. “Parma”


“Parma” 90 yillarda, A Seriya kuchli jamoalaridan biriga aylangan vaqtda, eng gullagan davrini boshdan o'tkazgan va bir necha marotaba Skudetto uchun jiddiy kurash olib borgan. Ha, nimasini aytasiz, qaysidir bir chempionatda (adashmasak, bu 97-yil edi) “Yuventus”ning foydasiga hal qilingan tushunarsiz hakamlik evaziga yosh jamoa titulsiz qoldirilgan edi. O'sha yillarda, “Parma” Evropada o'zini yaxshigina ko'rsatib, ikki bor UEFA Kubogi, Kubok egalari kubogi va Evropa Superkubogini qo'lga kiritgan. SHuningdek, CHempionlar Ligasiga ham kirib borgan. “Parma” faoliyatining yakuni xuddi “ko'tarilishi” kabi tezkor bo'ldi.

2004 yilda “Parmalat” koncerni va “Parma” bosh homiyi inqirozga uchradi, Natijada esa klub ham o'z faoliyatiga yakun yasashiga to'g'ri keldi. Biroq, shunga qaramay, klub, maxsus administraciya nazorati ostida, A Seriyada qoldi. Ammo Parmaning bundan keyingi taqdiri omon qolish uchun kurashish edi. Qandaydir mo'jiza sababli u bir kancha vaqt “elita” qatorida hisoblanib kelindi. Ammo, 2008 yilda “Parma” azoblari o'z yakuniga etib, klub B Seriya tomon yo'l oldi. Bir yildan so'ng parmaliklar yana “elita”ga qaytishdi va mavsumlarda bir necha bor ishtirok etishdi.Oradan bir yil o'tib jamoa “elita”ga qaytdi va ikki mavsum davomida yomon o'yin ko'rsatmadi. O'sha yillari klub “6” va “8” pog'onalarni band etgandi. Ammo 2015 yil navbatdagi moliyaviy muammolar kelajakka bo'lgan umidlarga nuqta qo'ydi. Jamoa professional maqomidan quruq qoladi va keyinchalik boshqa nom bilan (S.S.D. Parma Calcio 1913) havaskorlar ligasiga qaytdi. “Parma”ga omad kulib boqdi va qisqa vaqt ichida A Seriyaga yaqinlashish nasib etdi. Hozir jamoa B Seriyada ishtirok etmoqda va balki yaqin vaqtlar ichida yana A Seriyaga qaytishga muvaffaq bo'lar?! Elitaga jamoa qaytar, ammo Italiyaning top-klubi nomini qatarishi qiyin masala.


3. “Kayzerslautern”


90 yillar o'talarida ushbu jamoa Bundesliganing anchayin nomdor va quyi divizionga tushib ketmagan klub hisoblanardi. 1996 yil, bundan besh yil avval chempion bo'lgan jamoa, kutilmaganda ikkinchi divizionga tushib ketadi. Ammo muxlislarni xursand qilib juda kuchli “qaytish” qiladi va 1997/98-mavsumda yana chempionlik unvoniga ega chiqadi. Muvaffaqiyatning davomi sifatida CHempionlar Ligasidagi ishtirokni qayd etish mumkin. “Lautern” musobaqada 1/4 finalga qadar etib bordi va bo'lajak finalchi “Bavariya”ga mag'lub bo'ladi. Undan keyingi mavsumlarda ham jamoa yomon ishtirok etmadi. Har ikki yil 5-o'rinni band etdi.

Bundan tashqari, 2000/01-mavsumda evrokubokda ham “Kayzerslautern” omadli ishtirok etadi va UEFA Kubogi yarim finaliga etib bordi. Ammo keyin “Kayzerslautern” Bundesliganing asosiy autsayderlaridan biriga aylanib bordi.
2003 yildan 2006 yilgacha “Lautern” turnir jadvalining 12-o'rinidan uyog'iga o'ta olmadi. 2005/06-yilgi mavsumda esa 16-o'rin va klub ikkinchi Bundesligaga ravona bo'ladi. Bu safar tezda yuqori divizionga qaytish rejasi amalga oshmadi va klub 4 mavsum o'sha erda qolib ketdi. 2010-yilda jamoa Bundesligaga qaytadi va ikki mavsum kurash olib boradi, keyin yana bir sho'ng'ish kutib turgandi jamoani.

Hozirda “Kayzerslautern” ikkinchi Bundesligada ketma-ket 6-mavsumini o'tkazmoqda va so'nggi ikki mavsum “Lautern” u erda ham o'rtamiyona jamoaga aylanib qoldi va “10” hamda “13” pog'onalarni egalladi.


4. “Lids”


“Lids” bir necha asrlardan beri xuddi “Deportivo” va “Parma” kabi, muvaffaqiyatli jamoa hisoblanadi. Xarri Kyuell, Mark Viduka, Ian Xart, Garri Kelli haqida gapirib o'tirish ham shart emas, chunki o'zingiz ular qanday ajoyib o'yinchi ekanidan xabardorsiz.

“Lids” 2001 yilda CHempionlar Ligasida mo'jizalarga boy mavsumni o'tkazgan va o'shanda yarim finalgacha chiqqan. Ammo Kuper boshchiligidagi “Valensiya” jamoasining qo'li baland kelib, “Lids” engilgan. Unga qadar, jamoa guruh bosqichi o'yinlarida “Barcelona”, “Milan” bilan bahs olib borgandi. Biroq uch yildan so'ng, “Lids” halokatga yuz tuta boshladi. Ko'pgina klublar kabi, bu jamoa faoliyati yakunlanishiga sabab moliyaviy inqiroz bo'ldi. Natijada jamoa quyi pog'onalarga tushib ketdi. 2007 yilda esa Angliya divizioni bo'yicha 3-o'rinni egallagan. “Lids” o'tgan mavsumda APLda ishtirok etish uchun pley-off o'yinlarini o'tkazishga yaqin edi. Biroq mavsum oxirida mag'lubiyatga uchrab, 7-o'rinni egalladi.


5. “Lans”


Franciya jamoasi “Lans” ham yuqoridagi klublar singari o'z faoliyatini 90 yillar o'rtalarida boshlagan va 1994-yilda Franciya Ligasi Kubogini qo'lga kiritgan. Jamoa 4 yildan keyin birinchi martta Franciya CHempionatida g'olib bo'lgan. Bu debyut CHempionlar Ligasidagi eng yaxshi g'alaba bo'lgan edi (“Lans” mehmonda “Arsenal” ustidan 1:0 hisobda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan. SHuningdek, ular 1999 yil Franciya Kubogini ham yutishgan. Yana bir yildan so'ng, 2000 yilda “Lans” UEFA Kubok yarim finaliga chiqqan. “Lans”ning navbatdagi omadli mavsumi 2002 yilda bo'lgan. O'shanda o'yin so'ngiga qadar “Lion” bilan kurash olib borgan, ammo oxir-oqibat mag'lubiyatga uchragan. SHundan so'ng, u bir necha mavsumlarda qatnashgan bo'lsa-da, ikkinchi o'rin va CHempionlar Ligasiga yo'llanma “Lans”ning oxirgi yutuqlaridan biri bo'lib qoldi.

“Lans”ning “qulashi” 2007/08 yilgi mavsumlarga to'g'ri keldi. Keyin tez orada o'zini o'nglab olishga harakat qilgan bo'lsa-da, buning uddasidan butunlay chiqolmadi. 2010/11 yilgi mavsum yakunlarida “Lans” yana “elita”dan “uchib ketdi”. Bu safargi tanaffus nakt 3 yilga cho'zildi. “Lans” 2014 yilda yana qaytdi, ammo moliyaviy muammolar tufayli 1-Liga o'yinlaridan jamoani chetlashtirishni xohlashdi. Vaziyatni hal qilib, 1-Ligada o'ynashga ruxsat olishdi. Biroq 2014/15 yilgi mavsumda kim qaysi o'rinni egallashi go'yo aniqlab qo'yilgandek, jamoa o'yinda mag'lubiyatga uchradi va 2-Ligaga yo'l oldi. Hozirgi mavsumning 7ta o'yinida mag'lubiyatga uchrab, jamoa tarixidagi eng yomon o'yinini o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu sababli, “Lans” endi 1-Ligaga qaytishi uyoqda tursin, 3-divizionga “uchib” ketish ehtimoli ko'proq. Ana shunaqa gaplar!


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика