So’nggi yangiliklar

00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  4 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  18 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  70 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3

O'tgan yili Toshkentga kelgan Misr Olimpiya termasining necha nafar futbolchisi Parijdagi musobaqada ishtirok etmoqda? Yangiliklar

O'tgan yili Toshkentga kelgan Misr Olimpiya termasining necha nafar futbolchisi Parijdagi musobaqada ishtirok etmoqda?

O'sha uchrashuvda o'zbekistonlik yon hakamning xatosi sababli afrikaliklar g'alaba qozongan.

Bugun Parij shahrida o'tkazilayotgan Olimpiya o'yinlari guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi. "C" guruhida tur doirasida O'zbekiston — Misr uchrashuvi o'tkaziladi. Nant shahridagi "Bojuar" stadionida o'tkaziladigan bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi dastlabki turda Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Braziliyalik mutaxassis Rojerio Mikale murabbiyligidagi Misr esa Dominikan Respublikasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Misr Olimpiya terma jamoasi o'tgan yilning oktyabr oyida Toshkentda o'zbekistonlik tengqurlarini mag'lub etgandi.

Mazkur uchrashuvda qaydnomaga kiritilgan futbolchilarning 12 nafari Parij Olimpiadasida ishtirok etmoqda. SHuningdek, "firavnlar" ikki nafar yoshi katta o'yinchi xizmatidan foydalanmoqda. Ulardan biri "Bazel" va "Arsenal"dagi o'yinlari bilan tanilgan, joriy mavsum so'ngida londonliklarni tark etgan Muhammad El Neni bo'lsa, ikkinchisi mamlakatning etakchi klublaridan biri "Zamalek"da to'p tepadigan Ahmad Mustafo Said Zizu hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida misrliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Mazkur bellashuvning ikkinchi bo'limi boshlarida Mahmud Mahamadjonov maydondan chetlatilgandi. SHuningdek, Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi tomonidan Hojimat Erkinovning haqqoniy goli ofsayd qayd etilgan holda inobatga olinmagan va boshqa ko'plab xatoliklar kuzatilgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика