So’nggi yangiliklar

06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  12 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   12 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  17 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  10

“O'tgan yil umuman oylik maosh olmadik. Qarzdorlik yopilmasa "Aral" PRO Ligada ishtirok etmasligi mumkin” – Temur Turdiev bilan suhbat Yangiliklar

“O'tgan yil umuman oylik maosh olmadik. Qarzdorlik yopilmasa "Aral" PRO Ligada ishtirok etmasligi mumkin” – Temur Turdiev bilan suhbat

Teglar :  Temur TurdievAral
Xabaringiz bor, Qoraqalpog'istonning “Aral” futbol klubi deyarli har yili tayinli homiysi yo'qligi sababli, moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o'tkazib keladi.

Jamoa ikkinchi davraning uzoq safar o'yinlariga bazida bora olmay qolganiga ham guvohi bo'lganmiz. Yaqinda muhtaram yurtboshimizning ushbu jamoa haqida bildirgan fikrlaridan keyin ko'pchilik “Aral”ni Superligada ishtirok etishini tahmin qilgandi. Malum muddatlik o'ziga hos shov-shuvli xabarlardan so'ng hammasi izga tushdi. Jamoa 2021 yilgi mavsumni Superligada emas balki PRO-Ligada o'tkazadigan bo'ldi. Yaqinda qoraqalpoq futbolining jonkuyarlaridan biri Temur Turdiev bilan bog'lanib, jamoadagi yangiliklardan xabardor qilishini so'raganimizda taklifimizni rad etmadi. Darvoqe, Turdiev bugungi kunda “A murabbiylik licenziyasiga ega va u kishi bir necha yillardan buyon moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay jamoani boshqarib kelayotganini alohida etirof etish kerak.

- Yashirishni keragi yo'q, jamoada haligacha yillik sarf-xarajatlar smetasi va aniq reja tuzilmagan bo'lsada, ushbu haftadan yigitlarni yig'ib yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Klub qarorgohi bo'lmagani tufayli futbolchilar asosan mahalliy yigitlarni tashkil etmoqda va ular mashg'ulotga o'z uyidan qatnab turibdi – deya gap boshladi Temur Turdiev.

- Tarkibda 28 nafar futbolchi shug'ullanmoqda. Ularning ko'pchiligi akademiya tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Bu yil ham ichki imkoniyatdan kelib chiqib, katta extimol bilan asosan o'zimizning mahalliy futbolchilarga etibor qaratamiz. Hozir qo'l ostimizda 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'yinchilar ham borligini aytib o'tishim kerak. Bizda iqtidorli yoshlar ko'p. Masalan o'tgan yili 2002-2003 yillarda tug'ilgan futbolchilarimizga imkoniyat bergandik, o'zini ko'rsatganlari ham bo'ldi. 2003 yilda tug'ilgan bir nafar futbolchimizga yoshlar terma jamoasidan taklif bo'ldi. O'zimiz ham bundan xursan bo'ldik. Maqsadimiz bu yil ham yoshlarni kashf etib, terma jamoalarga o'yinchilarni etkazib berishdir.

- Bilasizmi 2020 yilda umuman oylik maosh olmasdan ishtirok etdik. Vatanparvarlik, sodiqlik va jonkuyarlik qilgan jamoamizning har bir azosiga minnatdorchilik bildiraman. Klub mutasaddilari bu yilgi chempionat boshlanmasidan oldin, o'tgan mavsumdagi qarzdorliklarni baratarf etishlarini kutyapmiz. O'zbekiston Professional Fubol Ligasidan ham ogohlantirish xati keldi. Qarzdorlik masalani tez fursat ichida hal qilish kerakligi bo'yicha. Aks xolda O'zPFL jamoani PRO Ligada ishtirok etishiga ruxsat bermaydi.

- To'g'risi, hozir Vazirlar mahkamasining “Aral” klubi bo'yicha qaror chiqarishini kutyapmiz. Jamoaga tayinli homiy biriktirilmasa, hokimyatni bir o'zi jamoaga qarashi qiyin bo'ladi baribir. Klubda hal qilinishi zarur bo'lgan ishlar qalashib yotibdi. Oddiy misol, suniy qoplamali maydonimiz tamirga muhtoj xolga keldi. Vaziyatdan chiqish uchun majburiy ravishda mashg'ulot o'tkazib yuribmiz. Lekin PRO Liga talabiga javob bermaydi. SHuning uchun maydonga ham jiddiy etibor qaratish kerak deb hisoblayman.

- Albatta shu o'rinda bir yil oylik maoshsiz ishlab yana o'zimizda qanday kuch topa olyapmiz degan tabiiy savol tug'iladi. Ochig'ini aytganda, shaxsan men “Futbol mahorat maktabi”da ham faoliyat yuritaman. Jamoamizning tajribali futbolchilarini ham daromad keltiruvchi qo'shimcha ishi borligi uchun “Aral”da hammamiz beminnat xizmat qilyapmiz. Lekin rahbariyat ham buni tushunib, kech bo'lsada hisob-kitob ishlarini amalga oshirishi kerakda! Qachongacha quruq rahmatga ishlaymiz?!

- “Aral”da tajribali o'yinchilardan Islom Seytnazarov, Miras Karliboev, Damir Nizanov, Navro'z Alimov hamda Rasul Musaev singari yigitlar bugungi kunda ham biz bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Tajribali hujumchi Navro'z Haipov esa butsalarini mixga ilgan shekilli, ko'rinish bermayapti. Bilishimcha u sport maktabida ham faoliyatini yakunlagan.

- Murabbiylar shtabida menga Abbos SHamshiddinov yaqindan yordam bermoqda. SHuningdek o'ynovchi murabbiy Islom Seytnazarovni ham ko'maklashayotganini aytib o'tishim kerak.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoada moliyaviy muammolarni hal etmay turib, yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda yoki boshqa sharoiti yaxshi qarorgohda o'tkazishni rejalashtirishga botinolmayapmiz. Biz ham istaymiz, chetdan jamoamizni quchaytirish uchun qo'shimcha kuchlarni jalb etishni. Lekin bunday inqirozli davrda boshqa viloyatdan futbolchi chaqirishni imkoni yo'q. Klub uchun avvalo baza qilish kerak. Avtobus ham yo'q. Umid qilamizki, kelgusida hammasi asta-sekin yaratiladi.

- Nolimayman, “Futbol mahorat maktabi”da oylik maoshlarimizni o'z vaqtida olamiz. Futbol associaciyasida ham bu bo'yicha barqarorlik yuazaga kelmoqda. Ajab emas endi “Aral”da ham shunday bo'lsa – deydi Temur Turdiev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика