O'tgan yil "So'g'diyona"da 5-turdan so'ng istefo ro'y bergandi, bu mavsum esa 4-turdan keyin
13 apr 2019 18:59
Yangiliklar


O'tgan yil "So'g'diyona"da 5-turdan so'ng istefo ro'y bergandi, bu mavsum esa 4-turdan keyin
2019 yilgi Superligada dastlabki istefoga ro'y berdi.
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ustozi Sergey Lushan "Dinamo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida rasman istefoga chiqqanini malum qildi.
SHu tariqa, 4-turdan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiysiz qoldi. Qizig'i 2018 yilgi mavsumda 5-turdan keyin ushbu jamoa ustozi Aleksandr Mochinov istefoga chiqarilgan edi.
Malumot uchun, Sergey Lushan chempionatda "So'g'diyona"ni 31ta o'yinda maydonga boshlab tushdi. SHundan 9tasida jamoa g'olib bo'ldi, 7tasida durang qayd etildi va qolgan 15ta uchrashuvda raqiblar g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar