O'tgan mavsum “Turon”da harakat qilgan himoyachi faoliyatini “Qo'qon-1912"da davom ettiradi
10 jan 2024 13:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/775913_original.jpg)
![](/upload/storage/775913_220.jpg)
O'tgan mavsum “Turon”da harakat qilgan himoyachi faoliyatini “Qo'qon-1912"da davom ettiradi
Bu yil o'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi mahoratli futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsum “Turon” safida harakat qilgan yosh iqtidor egasi Asliddin Toshtemirov yangi mavsumda “Qo'qon-1912" jamoasining sharafini himoya qiladi. SHartnoma 1 yilga mo'ljallangan.
Asliddin Toshtemirov
Tug'ilgan sanasi: 01.07.2001
Ampulasi: Himoyachi
Himoyachi o'tgan mavsum Superliga bahslarida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar