So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  1 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

O'tgan asrdayoq evrokuboklarda g'olib bo'lgan, faoliyatini esa bir oy avval yakunlagan Emre Belyozog'lu 40 yoshini nishonlamoqda Yangiliklar

O'tgan asrdayoq evrokuboklarda g'olib bo'lgan, faoliyatini esa bir oy avval yakunlagan Emre Belyozog'lu 40 yoshini nishonlamoqda

Bugun Emre Belyozog'luning yubileyi - 40 yosh. Ajablanarli, ammo turkiyalik yarim himoyachi o'zining yorqin va uzoq yillik faoliyatini bir oy avval tamomladi.

Emre faoliyatini tugatishini malum qilishidan biroz avval, "Fenerbaxche" va Turkiya yoshlar termasi darvozaboni Altay Bayindir bergan intervyusida shunday degandi: "Men hali tug'ilmagandim, Emre esa professional darajada maydonga tushardi. Men hali gapirishni ham o'rganib ulgurmay, u sovrinlarni qo'lga kiritishga va terma sharafini himoya qilishga ulgurdi. Men uning avtografini olish haqida orzu qilardim, endi esa u bilan birgalikda maydonga tushyapman". O'ylab qarasangiz, darhaqiqat Emre huddi doimo yashil maydonda yugurib yurganga o'xshaydi. Bir narsani o'ylash shunchaki dahshat: bugun 40 yoshni qarshilagan futbolchi o'zining ilk chempionlik titulini 23 yoshida qo'lga kiritgan! Aynan yosh yarim himoyachining debyuti bilan 90-yillar ikkinchi yarmidan "Galatasaray"ning yakka hukmronligi davri boshlandi va klub qatorasiga to'rt bor mamlakat chempioni nomini qo'lga kiritdi.

Istanbulliklarni finalda dunyodagi eng kuchli hujum chizig'i bo'lgan qudratli "Arsenal" kutayotgan edi: Anri, Bergkamp, SHuker, Kanu va Overmars. Aynan ular har qanday mudofaa chizig'ini ostun-ustun qilib yuboradigandek tuyulardi. Biroq istanbulliklarda George Xadji chetlashtirilganiga qaramay, raqib "Galatasaray" himoyasini yorib o'tolmadi. Penaltilar seriyasida turklar aniqroq harakat qilishdi. Kim bilsin, ehtimol turk klubining asosiy futbolchisi maydonga tushganida o'yinni penaltilar seriyasigacha cho'zishga to'g'ri kelmasmidi?! Ammo afsuski, Emre yarim finaldan chetlashtirilgani tufayli, o'sha o'yinni o'tkazib yuborgandi.

Hikoya o'ta chiroyli yakunlanishi uchun "Galatasaray" UEFA Superkubogida ham g'alaba qozondi. Bu safar ularga "Galaktikos" to'qnash keldi. O'sha vaqt istanbulliklar o'z etakchisidan ayrilgandi — Xoqon SHukyur Milanning "Inter" klubiga o'tib ketgandi. Lekin bu safar turk jamoasi ishni penaltilar seriyasigacha cho'zib o'tirmadi va qo'shib berilgan vaqt ichida SHukyurning o'rniga Istanbulga kelgan Jardelning gollari evaziga g'alaba qozondi.

Bu vaqtda Emre "Galatasaray" etakchilaridan biriga aylanib ulgurgandi. Jamoaning barcha hujumlari u orqali amalga oshirilardi, golli uzatmalar berar va ko'pincha o'zi ham gol urardi: 2000/2001 yilgi mavsumda u barcha turnir hisobi bo'yicha 10ta gol urdi. Belyozog'lu 20 yoshida 4ta chempionlik tituli, 2ta Turkiya Kubogi, UEFA Kubogi va Superkubogi sohibi bo'lib ulgurgandi.

Fatix Terim u haqida shunday degan: "Men ko'plab iqtidorli o'yinchilarni ko'rganman, lekin bu darajadagisini uchratmagandim". Yosh o'yinchiga yangi taklif kerak edi va bu taklif "Inter" tomonidan bildirildi. Bunga qadar Xoqon SHukyur ham u erda to'p tepgan. Keyin esa milanliklar Istanbuldan yana bir yarim himoyachini qo'lga kiritishdi — Buruk Okan.

2001 yil "Galatasaray" vunderkindi Emre Belyozog'lu oz fursat ichida "Inter"ning umid uchquniga aylandi. Ammo afsuski, Emrega Istanbulda erishgan yutuqlarini Milanda qo'lga kiritish nasib etmadi. U "Inter"da sovringa bir qadam qolganda erisholmadi: UEFA Kubogi va CHempionlar Ligasi yarim finallari, A Seriyada 2- va 3-o'rinlar...

Fikrimizcha, Emre eng alamli uchrashuv sifatida yutqazmasdan mag'lubiyatga uchragan to'qnashuvni eslab yursa kerak. Gap 2002/03 mavsumda ECHL yarim finali doirasida San-Siroda durang bilan yakunlangan ikki o'yin natijasida (mehmondagi gol tufayli) "neradzurri" musobaqani tark etgani haqida ketmoqda. Turkiyalik yarim himoyachi Evropa mukofotlari orasida qo'lga kiritolmagan yagona sovrin CHempionlar Kubogidir, hattoki Intertoto Kubogi ham uning kollekciyasida mavjud.

Emre Milan klubiga oson moslashganiga qaramay, ilk golini urishi uchun bir yil vaqt kerak bo'ldi. Turkiyalik "Inter"dagi debyut va unutilmas goli evrokubok doirasida "Bayer"ga qarshi bahsda ro'y berdi. Bir necha yildan so'ng, Emre "Inter"dan ketib "Nyukasl"ga o'tdi va 2006 yil Intertoto Kubogiga sazovor bo'ldi.

Emre deyarli hech qachon bombardir bo'lmagan va bunga davogarlik ham qilmagan – Milanda o'tgan yillarda barcha turnirlarda bor yo'g'i 5ta gol urgan, ammo turkiyalik pleymeykerning ham to'purar sifatida yulduzli onlari bo'lgan. 2002 yil 7 dekabr "Lacio"ga qarshi o'yin: 38-daqiqaga kelib "Inter" "Olimpiko"da 3-0 hisobida ortda qolmoqda, lekin tanaffusdan keyin Emre o'yinni o'z qo'liga oldi va "neradzurri" rimliklarga g'alabani berib qo'ymadi 3-3. Turkiyalik futbolchi ikkita gol urdi, har ikkisi shedevr gollar: birinchisida Emre maydonni yarmini bosib o'tdi va himoyachilar hamda darvozabon ustidan kulgandek to'pni tashlab qo'ydi, ikkinchisida - "Lacio" himoyachisini aldab, uzoq burchakni aniq nishonga oldi. 

Yarim himoyachi doim "Inter" muxlislari yoqimtoyi bo'lgan. 2002/03 yilgi mavsumda Emre mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb ham topilgan... Lekin keyin jarohatlar pand berdi. 19 matchey v Serii A 2004/05 yilgi mavsumda A Seriyada bor yo'g'i 19 uchrashuv (o'sha mavsumdagi g'alabali Italiya Kubogida ham bor yo'g'i ikki uchrashuvda maydonga tushdi) va Manchinining kelishi. Murabbiy Emre kabi futbolchilarni o'z jamoasida umuman ko'rmasdi.





Deyan Stankovichning kelishi bilan turkiyalik pleymeyker "Inter" asosiy tarkibidagi joyini saqlab qolish umididan butkul ayrildi. Italiyadan keyin 3 mavsum "Nyukasl"da buyuk Alan SHirer bilan to'p tepdi va jonajon Stambulga qaytdi. Biroq kutilmaganda qadrdon "Galatasaray"ga emas, azaliy raqib "Fenerbaxche" safiga borib qo'shildi. Ushbu klub safida qaxramonimiz ikki bor chempionlik, ikkita kubok va yana ikki bor mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.

Aynan "sariq kanareykalar" bilan uning aloqalari o'ziga xos bo'ldi: Emre ikki marta "Fener"dan ketdi va har safar qaytdi. 38 yoshida "Istanbul Bashakshexir"da o'tgan davrdan keyin faoliyatini yakunlaydi deb turilganda, u yana "kanareyka"lar bilan shartnoma tuzdi va sardorlik bog'ichini taqib yurdi.

Emrening Turkiya termasi bilan tarixi ham o'ziga xos bo'lgan: o'zining debyut o'yinini u o'tgan asrda o'tkazgan, mamlakat uchun tarixiy JCH-2002da (bronza medallari) etakchilardan bo'lgan. 2019 yil 7 sentyabr kuni esa Emre Belozoglu Turkiya milliy termasi safida yubiley 100-o'yinni o'tkazdi! O'sha kuni futbolchi 39 yoshini nishonlagandi. U hali kuchdan qolmagan va Evro-2020ga jamoasini etaklash niyatida edi. Afsus bu rejalarni pandemiya va musobaqaning ko'chirilishi buzib yubordi. Emre yana bir yil kutishni istamadi va g'alabalarga boy, chiroyli faoliyatiga yakun yasab qo'ya qoldi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика