Otamendi ham hakamlikdan norozi bo'ldi
07 iyu 2019 11:27
Yangiliklar


Otamendi ham hakamlikdan norozi bo'ldi
Argentina termasi himoyachisi Nikolas Otamendi Amerika Kubogi doirasidagi CHiliga qarshi o'yindagi hakamlik haqida gapirdi.
"AQSHda o'tgan musobaqaning CHiliga qarshi finalini eslatib yubordi. O'shanda hakamlar tarkibdagi futbolchilar sonini tenglashtirish uchun bizning futbolchiga qizil bergandi.
O'tgan o'yinda (Argentina - Braziliya 0:2) birorta vaziyatni ko'rib chiqishmagani juda g'alati. Nima deb o'ylash kerakligini esa bilmayman ham. Barcha jamoalarga qarshi o'ynay olishimizni bugun ko'rsata oldik", - dedi Otamendi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar