Otabek SHukurovga Germaniyadan qiziqish bo'lmoqda
01 dek 2013 08:00
Yangiliklar

Otabek SHukurovga Germaniyadan qiziqish bo'lmoqda
Oktyabr oyida BAAda bo'lib U-17 yoshlar terma jamoalari ishtirokidagi jahon chempionatida ishtirok etgan vakillarimizga xorij klublaridan qiziqish bo'lmoqda.
Xususan "Mashal" FK tarbiyalanuvchisi bo'lmish Otabek SHukurovga Germaniyaning maxalliy klublaridan biri jiddiy qiziqmoqda. SHuning uchun germaniyaliklar ayni paytda "gazchilar" bilan muzokara olib bormoqda. Buni "Mashal" klubi rasmiylari ham tasdiqladi.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi U-17 yoshlar terma jamoamiz sardori SHukurovga Germniyaning aynan qaysi klubi taklif bilan chiqqani haqida hozircha aniq malumot yo'q.
Ushbu masala tez kunlarda hal etilishi aytilmoqda. Agarda tomonlar o'zaro kelishuvga erishsa, Evropadagi legionerimiz soni yana bittaga oshishi mumkin.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar