Otabek SHukurovdan Dilshod Andaevga 1 000 000 so'm
26 dek 2013 17:00
Yangiliklar

Otabek SHukurovdan Dilshod Andaevga 1 000 000 so'm
"Mashal" klubi tarbiyalanuvchisi Otabek SHukurov birinchi murabbiyiga ehtirom ko'rsatdi.
Kecha bo'lib o'tgan "Mashal" jamoasi taqdirlash marosimida Otabek SHukurov klubning 2013 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgani haqida xabar berdik.
SHu bois klub rahbariyati futbolchiga mukofot sifatida 1 000 000 so'mlik chek taqdim etdi. Otabek esa tadbirda ishtirok etayotgan o'zining birinchi murabbiyi Dilshod Andaevga ushbu pul mukofotini sovg'a qilmoqchi bo'ldi. O'zi tarbiyalagan futbolchining bunday harakatidan Andaevning to'lqinlagani rost, biroq murabbiy bu sening halol mehnating deya futbolchiga minnatdorchilik bildirib mukofotni olmadi.
Malumot uchun, Dilshod Andaev SHukurovdan tashqari SHohjahon Abbosov, Durbek Kamolov, SHerzod Abduraimov va Eldor SHomurodov kabi turli yoshdagi terma jamoalarimizda faoliyat olib borayotgan futbolchilarning birinchi murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar