So’nggi yangiliklar

21:47Англия кубоги. "Манчестер Сити" — "Плимут". Таркиблар маълум  0 21:41"Реал Бетис" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  3 21:16"Наполи" — "Интер". Марказий ўйин учун таркиблар маълум  3 20:53РПЛ. "Зенит" ва ЦСКА Петербургда нурсиз дуранг ўйнади, Файзуллаев 67 дақиқа ўйнади  12 20:17Расман: Элдор Шомуродов — "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси!  16 19:58"Ахмат" - "Рубин". Ашурматов асосий таркибда  2 19:42Футболда янги қоида пайдо бўлди  6 19:34U20 Осиё Кубоги. Финалда ғолиб пенальтилар серияси орқали аниқланди  6 19:17РПЛ. Эсанов захирадан майдонга тушган баҳсда "Акрон" мағлубиятга учради  0 18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  1 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  3 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  19 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  4 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  12

Otabek SHukurov: “Ikkita goldan so'ng ortga yo'limiz yo'q edi” Yangiliklar

Otabek SHukurov: “Ikkita goldan so'ng ortga yo'limiz yo'q edi”

Kecha hamkasblarimiz bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurdik. U erda Otabek SHukurovdan intervyu oldik.

- Janubiy Koreya bilan o'yinda maydon markazida ustunlikni qo'lga olganimizga qaramay imkoniyatni boy berdik...
- O'yin boshidan hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, lekin penaltidan keyin ham bizga imkoniyatlar bo'ldi. Ulardan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limni ham juda yaxshi boshladik, ammo yana tezkor gol o'tkazib yubordik. O'yinni qayta ko'rib chiqdim, biz koreyslarga o'yin bo'yicha yutqazmadik deb o'ylayman. Bu gaplar bilan 3 ochkoni ortga qaytarib bo'lmaydi. Oldinda turgan ikki o'yinni yutib keyingi bosqichga chiqsak, Janubiy Koreya bilan o'ynashni istardim. Bu jamoa bilan hisob-kitobni to'g'rilab qo'yish uchun ham.

- Penalti bo'lgan vaziyatga haqida nima deya olasiz?
- O'sha vaziyatda to'p ko'kragimga va bo'ynimga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Hushtak nima uchun chalinganini avvaliga tushunmadim. Keyinchalik penalti belgilanganini bilib hakamga etiroz bildirdik. Lekin, buni foydasi yo'q edi, chunki hakam qaror qabul qilib bo'lgan edi.

- Qizil kartochkadan so'ng hujumlarimiz soni yanada ortdi. Balki ungacha shu ruxda o'ynaganimizda hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi...
- Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik deb o'ylayman. O'yin nazorati ham bizning qo'limizga o'tayotgandi. Lekin, oddiy xato evaziga ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Keyin esa ortga yo'l yo'q edi. SHu sabab oldinga borishga majbur edik.

- Malumki, Javohir Sohibov ham, siz ham uzoqdan yaxshigina zarba bera olasizlar. Nima uchun kam bo'ldi bunaqa zarbalar?
- O'zimiz ham bunday zarbalarni istagandik. Maydonning har bir qarishida kurash bo'ldi. Bunday zarbalarni berish uchun ham fursat deyarli bo'lgani ham yo'q.

- Iroqqa qarshi o'yin oldidan raqib futbolchilarini o'rganib chiqqan bo'lsangizlar kerak. Raqib safida kimni eng xavfli futbolchi deb hisoblaysiz?
- Raqibning 7-raqamli futbolchisi kuchli. U Yamanga qarshi o'yinda o'z harakatlari bilan ajralib turdi. SHuningdek, iroqliklarning qanot hujumchilari ham kuchli.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика