Otabek Jo'raqo'ziev: "Olimpik"ni endi hech kim yosh jamoa demaydi. CHunki..."
02 dek 2021 20:40
Yangiliklar
Otabek Jo'raqo'ziev: "Olimpik"ni endi hech kim yosh jamoa demaydi. CHunki..."
Uchrashuvda "Olimpik"ning gollaridan biriga Otabek Jo'raqo'ziev mualliflik qildi. Mazkur bahsdan so'ng futbolchi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz hali ko'p bor tarixni o'zgartiradi. SHu kungacha Pro liganing hech bir jamoasi Superliga klubini mag'lub etib, elitaga chiqmagandi. Biz bu ishning uddasidan chiqa oldik.
Hozir futbolda yosh jamoa, degan gap yo'q. CHunki 17-18 yoshli futbolchilar Angliya, Germaniya, Ispaniya chempionatlarida o'ynamoqda. Bizda ham buning vaqti keldi. Endi bizni hech kim kichkina hisoblamaydi. Boisi Pro ligada buni isbotlab qo'ydik.
Pro ligadagi mavsum qiyin o'tdi. Bilasiz ko'p futbolchilar o'rinbosarlar jamoasida to'p tepardi. Katta futbolga hali tayyor emasdik. Timur Kapadzega har bir o'yinga munosib tayyorlagani uchun rahmat. Berilgan imkoniyatni oqladik, deb o'ylayman", – deydi Jo'raqo'ziev.
Fikrlar