So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  1 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  5 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   19 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9

Otabek Haydarov: “Oliy ligada o'ynash ishtiyoqi kuchli” Yangiliklar

Otabek Haydarov: “Oliy ligada o'ynash ishtiyoqi kuchli”

So'nggi ikki mavsumdan buyon “Qo'qon-1912” safida o'ynab kelayotgan Otabek Haydarov joriy yil o'z hisobiga 26ta gol yozdirib qo'ygan xolda, jamoasining to'purariga aylandi.
23 yoshli futbolchi endi kelasi yil oliy ligada debyut qilishga yaqin turibdi. Qo'qonliklarning Haydarovdan umidi katta. Kecha Qo'qonga uyushtirgan safarimiz chog'ida Otabek bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Otabek, bu yil jamoangiz nihoyat oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ortda qolgan mavsum xususida fikringiz qanday?
- Garchi oliy ligaga chiqqan bo'lsakda, oldimizga qo'yilgan vazifani osonlik bilan bajardik deya olmayman. Negaki har bir uchrashuv biz uchun qiyin kechdi. Ayniqsa birinchi bosqichda Toshkent jamoalariga qarshi safarda o'tkazilgan o'yinlar, bir-biridan murakkab bo'ldi. Ikkinchi bosqichda esa ularda biroz pasayish bo'ldimi yoki boshqa sababmi nisbatan engilroq o'tdi. Umumiy chempionatni oladigan bo'lsak, qiziqarli bo'ldi.

- “Qo'qon-1912” chempionatni 2-o'rinda tugatdi. Aslida kichik oltin medallarni ko'zlaganmidinglar yoki elita yo'llanmasi qo'lga kiritilsa bo'lgani qabilida ishtirok etdinglarmi?
- Albatta 1-o'rinni egallashni barchamiz xohlaganmiz. Buning uchun asosiy raqobatchimiz “SHo'rtan” bilan jiddiy kurashdik. Lekin birinchi bosqichning boshlarida ikki bor ketma-ket o'z maydonimizda durang qayd etdik. Keyin birinchi bosqich o'rtalariga kelib yana qimmatli ochkolarni boy berdik. Aksiga olib, “SHo'rtan” birinchi bosqichda ochko yo'qotmadi. Natijada ulardan o'tib ketishning imkon bo'lmadi. Lekin eng asosiysi Qo'qonga katta futbol qaytdi.

- Bu yil ikkita murabbiy bilan ishlashga muvaffaq bo'ldingiz. Tohir Kapadze va Rustam Abdullaevning ish uslublari ko'proq nimasi bilan farq qiladi?
- Nima desam bo'ladi, Tohir aka ishlagan kezlarida o'zimizning kuchimizga ishonib, o'zimiz xohlagandek o'ynardik. Uchrashuvdan oldin ko'rsatma berayotganida hammasini tushuntirib o'tib ketardi. Rustam aka mashg'ulotlarda ishlab, ko'proq pas o'ynash orqali hujumga o'tishimiz kerakligini talab qiladi. Taktik jihatlarga katta etibor qaratadi.

- Bu yil jamoangiz safida eng ko'p gol kiritgan futbolchi bo'ldingiz. Mavsum boshida oldingizga qanday shaxsiy maqsadlarni qo'ygandingiz?
- Klub to'purari bo'lganimdan xursandman. Lekin bilasizmi men chempionat to'purari bo'lishni ham istagandim. To'g'ri bunga erishish qiyin, lekin men imkon qadar shu maqsad yo'lida harakat qildim. Afsuski ayrim uchrashuvlarda omadim chopmadi.

- Ikkinchi bosqich arafasida tarkibga kelib qo'shilgan Doniyor Usmonov haqida nima deysiz?
- U bilan juda yaxshi chiqishib ketdik. Maydonda va uning tashqarisida yaxshi tushunamiz. Ko'rdingiz qisqa fursat ichida jamoaga to'liq moslashib keta oldi va ikkinchi bosqichda eng ko'p gol urdi. Men jamoadagi har bir o'yinchi bilan yaxshi munosabatdaman. Aziz To'xtaboev va Doniyor Usmonov bilan ham oldingi chiziqda o'ynash doim qulay bo'lib keldi.

- Kelasi yil sizda oliy ligada debyut qilish uchun juda qulay imkoniyat yuza keldi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha. Nasib qilsa oliy ligada ham o'ynay boshlayman. Hozir elitada debyut qilishni sabrsizlik bilan kutyapman. O'ylaymanki oliy ligada ham bemalol o'ynab keta olaman. Ishonch va imkoniyat berilsa bo'lgani.

- Mavsum-2015da sizni “Qo'qon-1912”da ko'ramizmi yoki “Neftchi”dami?
- To'g'risi bu masala hozircha aniq emas. O'zimga qolsa yana “Qo'qon-1912”da qolib o'ynagan bo'lardim. Buni vaqt ko'rsatadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика