So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Otabek G'ulomxo'jaev: "Osiyo Kubogi musobaqasi yosh futbolchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Osiyo Kubogi musobaqasi yosh futbolchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Ayni paytda milliy terma jamoamizni katta tajribaga ega murabbiy boshqarmoqda. Uning qo'lostida futbolchilarimiz ancha o'sishga erishishi aniq. Osiyo Kubogi yosh futbolchilarimiz uchun o'zlarini ko'rsatishga yaxshi imkoniyat. Mazkur musobaqani ko'plab mutaxassislar, skautlar kuzatib borishadi. Turnirda o'zini ko'rsata olgan futbolchilar keyinchalik legioner sifatida kuchli klublarga o'tishlari mumkin.

Men terma jamoamizdagi futbolchilar bilan gaplashib turaman. Ularning aytishi bo'yicha hozirda terma jamoada muhit juda ham ajoyib. Tarkibga jalb qilingan yosh futbolchilar Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Marat Bikmaev kabi tajribala o'yinchilar oldida to'p surib, katta mahorat maktabini o'tashadi. Bu esa kelgusida biz kutayotgan eng muhim musobaqa Jahon chempionati saralashlarida terma jamoamizga katta foyda keltirishi aniq.
 
Futbolchilarning o'zlari ham Osiyo Kubogiga o'zgacha ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rishmoqda. Avstraliyada Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng bazi muxlislar milliy terma jamoamizga ishonchsizlik bilan qarashmoqda. Bu noto'g'ri. O'rtoqlik o'yini o'z nomi bilan o'rtoqlik o'yini. Rasmiy uchrashuvlarda kayfiyat, ishtiyoq, o'yinga ruhiy tayyorgarlik umuman boshqacha bo'ladi. Agar Osiyo Kubogi pley-ofida o'sha bizni yirik hisobda yutgan Janubiy Koreya duch kelsa, yigitlarimiz umuman boshqacha o'yin namoyish qilishlariga ishonaman.
 
O'zbekiston terma jamoasiga bo'lajak musobaqada omad tilaymiz. Biz futbolchilarimizni O'zbekistondan turib astoyidil qo'llab-quvvatlab turamiz. Yangi yil barchaga, murabbiylarimizga, futbolchilarimizga, muxlislarimizga yangi muvaffaqiyatlar keltirsin. Futbolchilarimiz Yangi yilni o'z oilalari bag'rida yaxshi kayfiyat bilan kutib olib, ota-onalarini duosini olib, ko'tarinki kayfiyatda musobaqaga yo'l olishlarini tilab qolaman!"

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика