So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Otabek G'ulomxo'jaev: "Haqiqiy kuchimiz saralash o'yinlarida ko'rinadi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Haqiqiy kuchimiz saralash o'yinlarida ko'rinadi"

O'zbekiston U-19 terma jamoasi shu yilning noyabr oyida Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi.

Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlari 6-10 noyabr oralig'ida o'tkaziladi. Guruhimizda Saudiya Arabistoni, Afg'oniston va Hindiston o'rin olgan. Hozirda O'zbekiston U-19 terma jamoasiga Otabek G'ulomxo'jaev murabbiylik qilmoqda. Yaqinda yosh murabbiy bilan uchrashib, terma jamoaning tayyorgarligi va boshqa mavzular ustida suhbat qurdik. 


- Otabek aka, keling suhbatimizni O'zbekiston U-19 terma jamoasining Tojikistonda tashkil etilgan CAFA U-19 Championship musobaqasidagi ishtiroki bilan boshlasak. Malumki, beshta jamoa (Eron, Tojikiston, O'zbekiston, Afg'oniston, Turkmaniston) qatnashgan mazkur musobaqada biz 3-o'rinni egalladik. Faqat Turkmanistonni mag'lub etganimizni hisobga olmasak, Erondan mag'lub bo'ldik, Afg'oniston va Tojikiston bilan 2:2 o'ynadik. Tabiiyki Afg'oniston, Tojikiston kabi jamoalarni yuta olmaganimiz muxlislarga yoqmadi. Natijada ko'pchilik ishtirokni salbiy baholadi. Siz bu haqda nima deysiz? 

- Endi CAFA U-19 Championship musobaqasidagi ishtirokka keladigan bo'lsak, Tojikistonga ketishdan oldin O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashganimizda Ravshan Sayfiddinovich hozircha natija kerak emas, muhimi o'yindagi kamchiliklarimizni bilib olsangiz bo'lgani, asosiy maqsad Osiyo chempionatiga chiqish dedilar. 

O'tgan yil oktyabr oyida Ispaniyadagi turnirga borib kelgandik. Mana endi salkam 10 oy deganda ikkinchi bor chetga chiqdik. Hozirgi paytda ikkita teng kuchli tarkibga egamiz. Nasib qilsa hozirgi U-19 jamoamiz payti kelib “oltin avlod” sifatida shakllanishi kerak, chunki bolalarda salohiyat yuqori. 

Tojikistondagi musobaqaga Jasur Jaloliddinov, Abduvohid Nematov kabi etakchi o'yinchilarni olib ketmadik. CHunki ular o'z klublarining asosiy tarkibida o'ynashyapti. SHu bois boshqalarni sinab ko'rdik. Eronga nisbatan jismoniy holatda yutqazdik. SHunda ham 65-daqiqadan keyin toliqib qolayotganimiz ko'rinib qoldi. 

Afg'onistonga qarshi jamoamizni bir nechta taktikada sinab ko'rdim. Himoyaviy o'yin ko'rsatdik, uchinchi zonada faol pressing ishlatdik, umuman musobaqa davomida har xil tarkibni turlicha o'ynatib ko'rdim. Maqsad jamoamizning hozirgi kuchi va kamchiliklarini bilib olish edi. Bu erda vazifa chempion bo'lib qaytish emasdi. Biz uchun muhimi jamoaviy o'yinni shakllantirib olish. 

Afg'oniston bilan o'yinda hammasi ko'ngildagidek boshlandi, biz 2:0 hisobida oldinga chiqib qoldik. SHunda men boshqa taktikani sinab ko'rish maqsadida yuqori pressingni tanladim. Jamoa yuqori pressing qilganda to'pni yo'qotdimi, tezda orqaga qaytishi lozim bo'ladi. Mana shu erda bizning kamchilik ko'zga tashlandi: biz yuqori pressinga hali tayyor emas ekanmiz, buning natijasida oxirgi 10 daqiqada ikkita gol o'tkazib yubordik. O'yindan keyin futbolchilarni urishib tergaganim yo'q, aksincha har bir uchrashuv biz uchun o'ziga xos dars bo'ldi.


- Jamoangiz bahorda va yozning birinchi-ikkinchi oylarida nima bilan mashg'ul bo'ldi? 

- Asosan Toshkentda yig'ilib o'quv-mashg'ulot tashkil etish bilan cheklandik. Faqat bahorning boshlarida, unda “Dinamo” hali Superligada ishtirok etishi malum emasdi, Proligaga tayyorgarlik ko'rayotgan mahal CHig'atoyda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik va bu o'yin ham biz uchun katta dars bo'ldi. 

U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga ikki oy qoldi, buyog'iga biz uchun eng keraklisi taktika ustida ishlab pishitib olishimiz kerak. SHuningdek, vodiyda Berlin akademiyasi bilan o'ynaganimizdan xabaringiz bor. Bu raqib bizning darajamizga mos emasdi, faqat bizni xursand qilgan jihati o'yin vodiyda tashkil etilgani bo'ldi. Odam ko'p keldi va futbolchilarimiz muxlislar qarshisida to'p tepish qanaqa bo'lishini his etdilar.


- Siz murabbiy sifatida aytaylik, har bir o'yinni atroflicha tushuntirib berishingiz, kerak bo'lsa O'FA va boshqa mutaxassislar buni yaxshi tushunishi mumkin. Lekin oddiy muxlis baribir Afg'oniston va Tojikiston bilan durangni hazm qila olmaydi. 

- Bu savolga quyidagicha javob beraman. Agar bizga CAFA U-19 Championship musobaqasida natija kerak bo'lganida Tojikistonni ham, Afg'onistonni ham yutardik. Lekin bunda men o'z principlarimdan voz kechib bolalarga birorta taktikani o'rgatmasdan faqat natija uchun o'ynardik. Bu jamoalarga gol urgan qaysidir futbolchi nom chiqarardi ham, ammo ertaga saralash o'yinlarida o'sha bola o'zini ko'rsata olmasa nima bo'ladi? Odamlar Tojikiston bilan Afg'onistonga gol urgan o'yinchi qani deb so'rasa-chi? Mening principim shunaqa: hozir bolalarga to'g'ri yo'nalish berish kerak. 

Saralashdagi raqibimiz Hindiston yoshlar termasi yil boshidan beri 14ta o'yin o'tkazdi. Ular har bir o'yinda turlicha taktikalarni qo'llab ko'rdi: bir gal hujumkor, bir gal himoyaviy, bazi o'yinlarda pressing. Hindiston mana shu 14ta o'yindan ikkitasini yutib, bir marta durang o'ynadi va qolgan hamma bellashuvlarda yutqazdi. Ulardan ham hozir hech kim natija so'rayotgani yo'q. 

Men ham shuni xohlayman, nasib qilsa saralashda yana Afg'oniston bilan o'ynaymiz. Bu jamoaga qarshi bahsda futbolchilarimizning haqiqiy kuchini ko'rasizlar. Yana bir gapni aytishim kerak, meni hozirgi paytda raqiblarning nima bilan mashg'ulligi ko'p ham o'ylantirayotgani yo'q, men asosan o'z jamoam haqida qayg'uryapman. Bundan tashqari hech qachon raqibni butun jamoa sifatida o'rganmayman, balki individual kuchli futbolchilariga etibor qarataman.


- Bu yoshdagi futbolchilarni hali yosh deb hisoblaysizmi yoki katta bo'lib qolishdimi?

- Yo'q, yosh emas. Bu o'yinchilar allaqachon katta bo'lgan. To'g'risi, o'zimning boshimdan o'tgan voqea - jamoaning funkcional tayyorgarligi paytida shtangalar bilan mashq qilish kerak emas deb o'ylardim. Eronlik jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan gaplashganimda undan sizlarda bolalar ancha baquvvat, ishqilib hammasi o'zi yoshidami deb so'radim. SHunda u menga ha albatta, faqat biz 12 yoshdan bolani jismoniy mashqlar bilan shug'ullantiramiz, 15-16 yoshida o'zining vazniga qarab yuklama beramiz, 17-18 yoshdan keyin futbolchilar 80-90 kg. yuk ko'tarib mashq qilishadi dedi. 

Endi bizda vaziyat qanaqa? Terma jamoaga “Nasaf”dan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilnur Sibagatulinni taklif etdim. Sibagatulin bolalarni ko'rib jahli chiqdi, bular namuncha nimjon deydi. O'ylab qarasam, bizda ham jismoniy tayyorgarlik bo'yicha soha mutaxassislarini ko'paytirib har bir futbol maktabiga biriktirish kerak ekan. Biz nima qilyapmiz? Bolaga 12 yoshda taktika, to'p bilan ishlash, pressingni o'rgatyapmiz-u, lekin uning jismoniy holatiga etibor bermayapmiz. Uning kuchi bilan hisoblashmayapmiz. 

To'g'risini aytish kerak, kuch jihatdan Osiyoning ko'p jamoalariga yutqazib bo'ldik. Boshqalar bizdan ancha o'zib ketdi. Masalan, Eronni olaylik. Hammasi baquvvat va gavdali. Ehtimol bu genetika tufayli ham deylik, lekin jamoadagi hammaning genetikasi zo'r emasdir. Bularning barchasiga sabab jismoniy mashqlar va har bir futbolchi bilan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyning alohida ishlashi. 

18-19 yoshda bolaga jismoniy mashg'ulot berish kech, mushaklar allaqachon formaga kirib bo'lgan bo'ladi. Boshqa futbolchilarni ko'ring, formasini echsa gavdasining sportchiga xos ko'rinishini ko'rib havasingiz keladi, bizning futbolchilar forma kiysa elkasi osilib qoladi. Juda ko'p jamoalarda futbolchi qachon asosiy tarkibga o'tsagina trenajyor nima ekanini ko'radi, ungacha faqat maydonda to'p tepib yuraveradi. Demak, bu borada ham alohida ishlash talab etiladi.

 

- Balki trenajyor zalida shug'ullanishni Superliga klublari qoshidagi futbol maktablariga biriktirish kerakdir? 

- Buni endi mutaxassislar bir joyga yig'ilib obdon maslahat qilgan holda amalga oshirishi lozim. Futbolda hech narsa o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Futbolchilarga jismoniy yuklama necha yoshda qancha berilishini soha mutaxassislari hal qilgani maqul. Men yana shuni xohlardimki, futbol maktablarida darvozabonlar bilan alohida, himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilar bilan ham alohida murabbiy ishlasa. 

SHu narsa yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimizda bo'lganida edi, ancha oldinga qadam tashlagan bo'lardik. Evropada xuddi shunday: yoshlar va o'smirlar terma jamoasida juda ko'p murabbiylar ishlaydi, ular imkon qadar har bir bola bilan alohida shug'ullanadi. Futbolchi qachonki milliy terma jamoaga borganidan keyingina pishib etilgan bo'ladi va u bilan alohida ishlaydigan murabbiyga hojat qolmaydi. 


- U-19 terma jamoasida selekciya ishlari tugadimi yoki haliyam yangi futbolchilarni kuzatyapsizmi? 

- Selekciya hech qachon tugamaydi. Albatta, terma jamoaning o'zagi bor, lekin men doim yangilarni qidirishda davom etaman. “Bunyodkor”ga yaqinda bir futbolchini olib kelishdi, Samarqandda tug'ilgan, Moskva klubida o'ynagan ekan. Andijonlik ikki nafar yaxshi futbolchi haqida malumot topdim. Kim kuchli bo'lsa terma jamoa eshigi har doim ochiq.

 

- O'z vaqtida Timur Hakimov, Abbos Maxsitaliev kabi yoshlar porlab chiqqandi, biroq ko'p o'tmay ko'rinmay ketdi. Qo'l ostingizdagi futbolchilar bilan ham ertaga shu holat takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz? 

- Albatta, bu borada futbolchilar bilan doim tarbiyaviy soat o'tamiz. Hozir bizning o'yinchilarni kim taniydi? Hech kim. Ularni Osiyoda tugul o'zimizda ham yaxshi bilishmaydi. SHunga qaramay kimdir o'zidan ketib qolayotganini ko'rsak, darhol joyiga tushirib qo'yamiz. 

Lekin baribir ko'p narsa ko'chadagi madaniyat va uydagi tarbiyaga ham bog'liq. Agar futbolchi mashinam bor, uyli bo'ldim va shuning o'zi  etadi deb o'ylasa katta xato qiladi. Nima uchun Messi va Ronaldu shu bilan to'xtab qolmaydi? Nima uchun ular har yili yanada zo'r bo'lishga harakat qilishadi? CHunki ularda kurashuvchanlik mentaliteti bor. Bizda esa afsusuki, sal narsaga erishdimi, futbolchi to'xtab qoladi. 

Hozirgi yoshlarga Eldor SHomurodovni o'rnak qilib ko'rsatgan bo'lardim, Eldor futboldan tashqari hech narsani o'ylayotgani yo'q, shu bois ham uning oshig'i olchi. Xohlardimki, O'zbekiston U-19 terma jamoasida to'p tepayotgan futbolchilar ham bir kun kelib kamida SHomurodov darajasiga chiqsa bundan nihoyatda baxtiyor bo'lardim.


- Osiyo chempionati saralash o'yinlariga ikki oy qoldi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichi qanday ko'rinishda bo'ladi?

- Sentyabrda Iordaniyaga yo'l olib, shu yurt U-19 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytamiz. Oktyabrda esa Tailandda bo'lib o'tadigan xalqaro turnirga taklif olganmiz. U erda Janubiy Koreya, Vetnam va Tailand bilan o'ynaymiz. SHundan so'ng noyabrda Toshkentda qisqa muddat yig'in o'tkazib, Saudiya Arabistoniga jo'nab ketamiz.

 

- Baribir saralash o'yinlarida asosiy raqib Saudiya Arabistoni bo'lib qolaveradi. Musobaqa ham Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. SHundan kelib chiqib bu jamoa ishtirokidagi birorta o'yinni ko'rdingizmi? 

- Saudiya Arabistoni yoshlar termasi haqida malumot olish oson bo'lmayapti. CHunki ular hammasini yopiq holda bajaryapti va hech qaerga malumot chiqarishmayapti. Saudiya Arabistoni o'z uyida Tojikiston yoshlarini chaqirib ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi, tojiklarning hamma sarf-xarajatlarini qoplab berdi va buning evaziga ularga o'yinni yozib olishga ruxsat bermadi. Saudiyaliklar faqat o'zlari uchun o'yinni tasvirga tushirishda va hech kimga bergani yo'q.

 

- Malumki, ikki yil oldin Dilshod Nuraliev qo'l ostidagi jamoa ham Osiyo chempionati saralash bosqichini Saudiya Arabistonida o'tkazib, o'shanda saudiyaliklar bizning o'yinni issiq vaqtga qo'yib, o'zlari salqinda o'ynashgan va buning oqibatida bizni qoldirib Osiyo chempionatiga yo'l olishgandi. Bu yil ham shunday bo'lmasligining oldini olsa bo'ladimi?

- Har qanday sharoitga tayyor turishimiz kerak. Dilshod aka borgan payt qanday muammolarga duch kelgan yaxshi bilmayman. Lekin bazi voqealardan xabarim bor. Imkon qadar saralash o'yinlari yaqinlashayotgan mahal Ravshan Sayfiddinovich bilan o'zaro maslahat qilgan holda musobaqaga bir hafta qolganida kimnidir yuborib, tashkiliy ishlar bilan bog'liq muammolarni hal qilishini so'raymiz. 

(davomi bor...) 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика