So’nggi yangiliklar

09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  0 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  3 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4

Otabek G'ulomxo'jaev: Evropa biz uchun yangi chaqiriq va biz raqiblarimizdan cho'chiyotganimiz yo'q Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: Evropa biz uchun yangi chaqiriq va biz raqiblarimizdan cho'chiyotganimiz yo'q

Bugun - 10 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da O'zbekiston U17 terma jamoasi SHotlandiya U18 ga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.

Uchrashuv oldidan bo'lib o'tgan tanishuv marosimida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev ishtirok etdi. Mutaxassis shotlandlarga qarshi o'yin ancha qiziqarli kechishini aytib o'tdi. Boisi mazkur raqib O'zbekiston uchun yangilik bo'ladi, shuningdek, katta ehtimol bilan SHotlandiya termasi ham raqibidan nima kutishni bilmaydi.
 
“Ha, raqiblarimiz bizdan bir yoshga katta. Ha, ular Evropaning ko'zga ko'ringan jamoalari. Ammo aytishim kerakki, biz ularga yaxshigina bosh og'riq bo'la olamiz. Yigitlarim o'yinga tayyor deb ayta olaman”, — deb gap boshladi Otabek G'ulomxo'jaev.
 
“Biz uchun natija muhim emas, buni O'FA rahbariyati ham aytib o'tgan. Muhimi evropalik futbolchilar tezligiga yaqinlashish, ular orqali kamchiliklarimiz va nozik nuqtalarimizni aniqlab olish. Bunday raqiblarga qarshi o'yinlar o'sishimizga katta yordam beradi. Bizda hayajon yoki hadiksirash yo'q. Biz har qanday jamoa bilan tengma-teng o'ynashga harakat qilamiz”.
 
Otabek G'ulomxo'jaev yig'inning Evropada o'tayotgani masalasi borasida ham fikr bildirdi: “Termalarimiz arab jamoalari bilan, SHarqiy Osiyo vakillari bilan o'ynashga moslashib bo'lishdi. Ayni vaqtda O'FA olib borayotgan siyosatni to'liq qo'llab-quvvatlayman. Evropa yig'inlari mana shu mintaqa jamoalariga yaqinlashib olish uchun ham juda kerak. Mayli, mag'lubiyatlar bo'lsin, mayli kamchiliklarimiz yaqqol ko'rinsin. Muhimi ularni shunday bartaraf etaylikki, keyinroq Osiyo maydonlarida bizga oson bo'lsin”.
 
2018 yilgi mavsumda O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zi uchun yangilik bo'lgan Marokash, Senegal, Urugvay qarshi termalarga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi. O'zbekiston U23 termasi esa Keniya bilan to'qnash keldi. Oldinda yoshlarimizni SHotlandiya, Belgiya hamda Franciyaga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. O'smirlarimiz esa La Liga ishtirokchisi bo'lgan “Eybar” klubining U15 jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu kabi yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari 2019 yilgi mavsumda ham davom etadi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика