So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Otabek G'ulomxo'jaev: "Debyut o'yinim muvaffaqiyatli o'tganidan xursandman. Futbolchilar nafaqat raqib balki maydon bilan ham kurashdi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Debyut o'yinim muvaffaqiyatli o'tganidan xursandman. Futbolchilar nafaqat raqib balki maydon bilan ham kurashdi"

Superliga 23-turdan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun oldimizda ikki hafta vaqt bor edi. Mana shu vaqt ichida yigitlarning jismoniy holatini maksimal darajada ko'tarib olishimiz talab etilardi. To'g'risi biroz boshqacha o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin havoni ko'rdingiz qalin qor yog'di. O'yin kuni ob havoga moslab o'yin qurishga harakat qildik. Boz ustiga qorda, bunday maydonda to'p tepish oson emasdi. Futbolchilar nafaqat raqib bilan maydon bilan ham kurashishiga to'g'ri keldi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.

- Oxirgi daqiqada Qahramon Bahodirov gol urib g'alabani keltirdi. Umuman o'yinning so'ngi daqiqalarida o'zingizda asabiylik sezildimi, chunki bu sizni murabbiylikdagi debyut uchrashuvingiz edi. Voqealar rivoji durrangga qarab ketayotgan edi...
- Debyut o'yinim muvaffaqiyatli o'tganidan xursandman. Ammo xotirjamlik bor edi. Tayyorgarlik borasida yigitlar bilan gaplashib oldik, yigitlarda menga nisbatan ishonch, menda esa yigitlarga nisbatan ishonch bor edi. Qahramon Bahodirov bilan gaplashganimda 30 daqiqaga tayyor ekanligini aytib o'tdi. SHundan so'ng Siroj Meliev bilan Qahramon Bahodirovni so'ngi daqiqalarda maydonga tushirishga qaror qildik. Ular maydonga tushganidan so'ng hujumimiz kuchaydi. Baribir bu pallada tajribali futbolchilar kerak edi. Siroj va Qahramon bir necha yillardan beri Superligada o'ynab kelishmoqda.

- Siz kelguningizga qadar ikki nafar futbolchi tarkibda emas edi. Kelganingizdan so'ng Siroj Meliev qaytarildi, Nodir Mavlonov esa yo'q. Bu nima bilan bog'liq?
- Men kelgunimga qadar murabbiy yoki rahbariyat bilan nima bo'lganini chuqur surishtirmadim. Men hozir qabul qilib olgan futbolchilar bilan shug'ullanishim kerak. Siroj Meliev va rahbariyat o'rtasida qanday nizo bo'lgani menga qorong'u. Bularning o'rtasida nima bo'lgani jamoaning siri bo'lib qola qolsin. Jamoani ichidagi gaplarni tashqariga chiqishini istamasdim.

- Qahramon Bahodirov dastlabki daqiqalarida hujumda harakat qildi. Bu sizning taktikangiz edimi?
- Ha!, Qahramon Bahodirovni mashg'ulotlarda ko'rdik. "Mashal"ning himoyachilariga tajribali futbolchimiz bosim uyishtirish kerak edi. So'ngra, raqib himoyachilarini charchatib Siroj Melievni hujumga o'tkazdik. Ularga yaqin Doniyor Abdumannopov harakat qildi. Muhammad Yuldashev va Doniyor Abdumannopov biz bilan to'rt kun mashg'ulot o'tkazdi. O'n kun to'liq davolandi. CHunki ularni 25 yoshda futbolni tugatishini istamayman. Yosh futbolchilardan Sohibjonov va Xomidov ham yaxshi iqtidorli futbolchilar. Faqat bugungi bahsga va bosimga, o'yinning ahamiyatidan kelib chiqib darhol maydonga tushirmadim. Diyorbek Toirov degan 17 yosh futbolchimiz bor. Keyingi o'yinlarda debyut qilishi mumkin. Andijonda yoshlarga etibor qaratilmoqda. Zaxiramizda yoshlar ko'p. Faqat ularga biroz vaqt berish kerak. Ammo oldimizda vaqt kam. Bor tajribali futbolchilardan foydalanib mashg'uotlarga o'rinbosarlar jamoasidan 9-10 nafar futbolchini jalb qilmoqdamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика