So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  3 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Otabek G'ulomxo'jaev: "Boake jamoaga moslashib keta olmayapti. Edgarda oilaviy muammo bor" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Boake jamoaga moslashib keta olmayapti. Edgarda oilaviy muammo bor"

"Metallurg" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin keskin kurashlarga boy bo'ldi. Birinchi taymda juda ko'p golli vaziyatlar yaratdik. Afsuski so'nggi o'yinlarda bo'lgani kabi vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Ikkinchi taymda birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Hujum qilib himoyani esdan chiqardik. Balki bu tarkibdagi yosh futbolchilarimizning tajribasizligi tufaylidir. SHuning hisobiga ikki xil taym guvohiga aylandik. Xatolarni o'rganib chiqamiz. "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklaymiz", - deydi G'ulomxo'jaev. 

- Bugun Jaloliddinov va Boake o'rtasidagi o'zaro tushunish o'xshamadi. SHu haqda nima deya olasiz?
- Bugun Jasur asosan qanotdagi Abdumannopov va Ismoilov bilan ko'p o'ynadi. Birinchi taymda bizda 4ta vaziyat bo'ldi, mezbonlarda 1ta. Agar gol urganimizda hisob butunlay boshqacha bo'lardi. Hozircha Martin Boake jamoaga moslashib keta olmayapti. Balki keyingi o'yinda Boakeni zaxirada qoldirarmiz. Yoki uni boshqa poziciyada sinab ko'ramiz. 

- O'tgan o'yindan keyin Edgar Bernxardt haqida keskin fikr bildirgan edingiz. Hatto uni sardorlikdan ham mahrum qilishimiz mumkin degandingiz. Bugun u Bekobodga ham kelmadi...
- Ha, ayni paytda Edgarda oilaviy muammolar bor. Gaplashganimizda oilasidagi muammo haqida gapirdi. SHu bois unga dam berdik va Andijonda qoldirdik.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика