Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon"ni Superligada olib qolsak bu kubok bahslariga qo'shimcha motivaciya bo'ladi"
15 noy 2020 18:35
Yangiliklar
Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon"ni Superligada olib qolsak bu kubok bahslariga qo'shimcha motivaciya bo'ladi"
Biz bu borada "Andijon" bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Kubok bahslarining qanday o'tishi hammasi avvaldan kelishilgan edi. Bunga ortiqcha to'xtalishning hojati yo'q. Boz ustiga vaqt kam, pandemiya sabab ko'p fursat qo'ldan boy berildi. Mavsumni tugatib olish kerak. Jamoani tiklab olishimiz muhim. Futbolchilarning jismoniy holati qoniqtirmayapti. Qura noqulay keldi demagan bo'lardim. "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Ro'ziqul Berdievni hurmat qilaman. Lekin, oldindan biror aniq fikr bildira olmayman. Oldimizda turgan vazifa "Andijon"ni Superligada olib qolish. SHunday ekan hozirda "Mashal" bilan o'yinga etibor qaratmoqdamiz. Bu bilan bizga kubok kerak emas demayman. Jamoani kuchlilar safida olib qolsak kubok bahslarida bizga qo'shimcha motivaciya bo'ladi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.
Fikrlar