So’nggi yangiliklar

13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  0 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  1 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  4 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  10 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  10 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  4 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  28 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0

Otabek Akramov: "Ittifoq-Navoiy" jamoasida tajribali futbolchilarning o'rni muhim" Yangiliklar

Otabek Akramov: "Ittifoq-Navoiy" jamoasida tajribali futbolchilarning o'rni muhim"

V PRO-Liga 9-turidan o'rin olgan "Zirabuloq" - "Ittifoq-Navoiy" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Akramov saytimizga intervyu berdi.

"Ittifoq-Navoiy" jamoasi dastlab viloyat chempionatida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etgan. O'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan xolda joriy mavsumdan V PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etmoqda. Jamoamiz Qiziltepa tuman hokimligi tashabbusi Navoiy viloyati Yoshlar Ittifoqi bilan memorandum imzoladik va xamkorlikda ish olib bormoqdamiz.

Jamoamiz oldiga joriy mavsumda turnir jadvalida imkon qadar yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Biz chempionat davomida jamoamizning haqiqiy kuchini, nimalarga qodirligini his etib bormoqdamiz. "Ittifoq-Navoiy" yangi shakllanayotgan, sinov jarayonidagi jamoa. SHundan kelib chiqqan xolda uchrashuvlarda har-xil tarkib va turlicha uslublarni tajribadan o'tkazib ko'rayapmiz. Oxirgi ikkita turda g'alaba qozondik, bu qaysidir manoda jamoamiz azolariga qo'shimcha ishtiyoq berishi tabiiy xol.
Jamoamizda yosh iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash va shakllantirish, yuqori chempionatlarga etkazib berish asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Lekin jamoamizni to'liq shakllantirib olish, chempionatdagi raqobatga dosh berish uchun hozirgi kunda tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanyapmiz, ularning o'rni hozir juda muhim. Muntazam yoshlarni kuzatib bormoqdamiz, Navoiy viloyati futbol akademiyasidan ko'z ostimizga olib qo'ygan yosh futbolchilar bor, nasib etsa davralar oralig'ida ularni tarkibimizga jalb etamiz.

Hozir bizda klub infratuzilmasini to'laqonli shakllantirish jarayoni amalga oshirilayotganligi sababli oldindagi besh yillikdagi bajaradigan ishlarimizni reja qilganmiz. O'ylaymizki, kelajakda jamoamiz A PRO-Ligada, nasib bo'lsa Superligada ishtirok etadi, buning uchun oldinda hali ko'p ishlarimiz bor. Bizda U-18 jamoasi ham bor, Qiziltepa, Karmana, Navbahor tumanlaridan iqtidorli futbolchi yigitlarni yoshlar jamoamizga jalb etdik va sekin-sekin shakllantirib bormoqdamiz.

Hozirgi kunda jamoamiz uy o'yinlarini o'tkazadigan Qiziltepa tumanidagi "Markaziy" stadionga muxlislarni jalb etish bo'yicha tizimli ishlarni olib bormoqdamiz. SHuningdek kelajakda jamoamiz yangi zamonaviy stadionga ega bo'lishi uchun amaliy ishlarni boshlab yuborganmiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика