Ot o'rnini toy bosadimi? Ronalduning o'g'li otasidan ham o'tmoqchi
09 dek 2017 19:38
Yangiliklar
Ot o'rnini toy bosadimi? Ronalduning o'g'li otasidan ham o'tmoqchi
Yaqindagina beshinchi "Oltin to'p"ini olgan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'g'lining niyatlari haqida gapirib o'tdi.
"Kichik Krishtianuda o'zimning bir qismimni ko'ryapman. Gap u mening o'g'lim ekanligida emas. U menga mendan ham yaxshiroq bo'lishini aytdi. "Oltin to'p"ni ham yutishini, hatto bu ishni men kabi besh marotaba takrorlay olishini aytdi", - deya Ronalduning so'zlarini keltirdi "Marca".
Fikrlar