Oston O'runov "Ufa"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
27 sen 2021 20:06
Yangiliklar
Oston O'runov "Ufa"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
Avvalroq o'zbekistonlik futbolchining jarohat olgani aytilgandi.
"Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runov jarohatidan tuzalib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda "Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov malum qildi.
O'runov bugun umumiy guruh safiga qo'shilgan hamda "Ural"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin. Biroq futbolchi jarohat bilan ko'p vaqtni o'tkazib yuborgan va formaga kirishi talab etiladi. Yakuniy qarorni murabbiylar shtabi elon qiladi.
Eslatib o'tamiz, O'runov o'ng oyog'ining bosh barmog'i sinishi tufayli bir oyga yaqin vaqtni o'tkazib yubordi. Joriy mavsumda u RPLning ikkita o'yinida maydonga tushdi.
Fikrlar