O'smirlarimizning Dukentdagi yig'ini yakunlandi
20 avg 2016 11:15
Yangiliklar
O'smirlarimizning Dukentdagi yig'ini yakunlandi
Sentyabr-oktbyar oylarida Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida tashkil qilingan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi.
Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi terma jamoamiz 5-17 avgust kunlari bo'lib o'tgan Dukent yig'inida asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratdi. SHu bois, bu yig'inda nazorat o'yinlari o'tkazilgani yo'q.
"Dukentdagi yig'indan ko'nglim to'ldi. SHogirdlarim mashg'ulotlarda borlarini berib, ter to'kishdi. Yig'inda asosan futbolchilarning jismoniy va funkcional tayyorgarligiga etibor qaratdik. Hammasi reja asosida ketmoqda. Navbatdagi yig'in Slovakiyada bo'lib o'tadi. Evropaga avgust oyining so'nggi o'n kunligida yo'l olamiz", - deydi biz bilan suhbatda o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar