O'smirlar terma jamoamiz Slovakiya bilan durang o'ynadi, Gruziyaga yutqazdi
28 avg 2021 12:06
Yangiliklar
O'smirlar terma jamoamiz Slovakiya bilan durang o'ynadi, Gruziyaga yutqazdi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida ikkita o'yin o'tkazdi.
Ilk turda Slovakiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan Server Jeparov shogirdlari, kecha Gruziyaga 3:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. Uchinchi turda vakillarimiz Turkiya bilan to'qnash kelishadi. Bu bahs 29 avgust kuni bo'lib o'tadi.
“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
“B” guruhi | 1-tur
Slovakiya - O'zbekiston 2:2
Gollar: Zagradnik 24 penalti, SHimon 28 - Marko 13 avtogol, Abdumanonov 14.
2-tur
O'zbekiston 3:4 Gruziya
Gollar: Muhammadali O'rinboev 45+1, Saba Xarchilava 59 (avtogol), Muhammadali O'rinboev 71 - Giorgi Parkinashvili 9, Aleko Basiladze 11, Gabriel Sigua 21, Lasha Gadilia 90+3.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-F | O |
1. | Turkiya | 2 | 2 | 0 | 0 | 5—3 | 6 |
2. | Gruziya | 2 | 1 | 0 | 1 | 5—5 | 3 |
3. | O'zbekiston | 2 | 0 | 1 | 1 | 5—6 | 1 |
4. | Slovakiya | 2 | 0 | 1 | 1 | 4—5 | 1 |
Fikrlar