Osiyo xabari. Zakkeroni o'rniga Xaver Agirre
29 iyu 2014 13:08
Yangiliklar
Osiyo xabari. Zakkeroni o'rniga Xaver Agirre
Yaponiya milliy terma jamoasini yangi murabbiy boshqaradi.
SHu paytgacha terma jamoada ishlab kelgan Alberto Zakkeroni o'rnini bundan keyin meksikalik Xaver Agirre egallaydigan bo'ldi. Yangi bosh murabbiy oldiga qo'yilgan dastlabki vazifa aniq: kelasi yil Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida amaldagi chempionlikni munosib himoya qilish.
Alberto Zakkeronining ishdan bo'shashiga asosiy sabab terma jamoaning JCH-2014da birorta ham g'alaba qozona olmagani bo'ldi. Yangi murabbiy ham mashhurlik bobida italiyalik mutaxassisdan kam emas. 55 yoshli Xaver Agirre 2002 va 2010 yilgi JCHda Meksika termasini boshqargan.
Yaponlar sentyabr oyi boshlarida Urugvay va Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Bu o'yinlarga jamoani yangi murabbiy tayyorlaydi. Agirre avgust o'rtalarida Yaponiyaga keladi va shartnomaga imzo chekadi.

Fikrlar