Osiyo o'yinlari. O'zbekiston muddatdan avval guruhda birinchi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2018, 19:00
Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasi davom etmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 2-turda Qatarni 6:0 hisobida tor-mor etishdi. Ilk turda O'zbekiston Bangladeshni 3:0 hisobida taslim qilgandi.

Shu tariqa 2ta turdan keyinoq vakillarimiz guruhda birinchi o'rinni naqd qilishdi.

So'nggi turda O'zbekiston Tailand bilan o'ynaydi. Bu bahs 19 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. 


#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

O'zbekiston

2

2

0

0

9:0

6

2

Tailand

2

0

2

0

2:2

2

3

Bangladesh

2

0

1

1

1:4

1

4

Qatar

2

0

1

1

1:7

1



"B" guruhida 1-o'rinni olgan jamoa reglamentga ko'ra A yoki C yoki D guruhida 3-o'rinni olgan jamoaga qarshi o'ynaydi.

Agar bu guruhlarning barchasida 3-o'rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga chiqishsa "A" guruhidagi jamoa bizga raqib bo'ladi. Agar "A" guruhidagi 3-o'rin sohibi chiqa olmasa "C" guruhi. Bu guruhda ham bo'lmasa oxirida "D" guruhiga qaraladi.

Ushbu guruhlarda qaysi jamoalar borligi haqida ma'lumot beramiz:

"A" guruhi: Falastin, Gongkong, Indoneziya, Xitoy Taypei, Laos
"C" guruhi: Xitoy, BAA, Suriya, Timor Leste
"D" guruhi: Yaponiya, Vetnam, Nepal, Pokiston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia