Osiyo o'yinlari-2018. Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda durang

Narzulla Saydullayev
14 avg 2018, 19:24
Indoneziyada Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasi davom etmoqda.

Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvda Bangladeshni 3:0 hisobida mag'lub etishga erishdi. Biroz avval guruhimizdagi ikkinchi o'yin yakuniga etdi. Tailand va Qatar o'rtasidagi bahsda g'olib aniqlanmadi. 

6-daqiqada qatarlik Xazim Shexata tomonidan urilgan golga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda tailandlik Supachai Chaided javob berdi - 1:1. 


O'zbekiston 2-turni 16 avgust kuni Qatarga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia