So’nggi yangiliklar

08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  5 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  1 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  6 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0

Osiyo o'yinlariga 19 kun qoldi, chempion bo'la olamizmi? Ha! Yangiliklar

Osiyo o'yinlariga 19 kun qoldi, chempion bo'la olamizmi? Ha!

Faqat ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olsak. Bu terma jamoani anchadan beri kuzatib kelyapman.
O'yinida o'sish yuqori. Barcha futbolchilar allaqachon o'z klublarining etakchilariga aylanib bo'ldilar. Oddiy misol, Sardor Rashidovni hech ikkilanmasdan oliy ligamizning eng kuchli uch futbolchisi qatorida ko'rsata olaman. Bu tarkib menga 2011 yili Osiyo Kubogida qatnashgan terma jamoamizni eslatyapti. O'sha yili yodingizda bo'lsa, hamma futbolchilarimizning "pishgan" payti edi. Ahmedov, Ismoilov, Mullajonov, Haydarov, Tursunov va Andreev kabi futbolchilar 25ga to'lib ulgurmagandilar.

Bu tarkibdagi birgina muammo hujum chizig'ida. Himoya va yarim himoya ideal holatda. Mirjalol Qo'shoqovich Farhod Tojiev va Islom To'xtaxo'jaev kabi MTJ futbolchilarining xizmatidan foydalanish niyatida ekanligini inobatga olsak, terma jamoamizdan faqat va faqat g'alaba kutishga haqli bo'lamiz. Aslida biz ham boshqalar kabi bu turnirda olimpiya terma jamoasi azolarini sinab ko'rishni maqul ko'rayotgandik, ammo Milliy Olimpiya qo'mitasida kuzatilayotgan bugungi ijobiy o'zgarishlar natijasida bu turnirga jiddiy ahamiyat berish kerak degan qarorga kelindi va 20 yil avval qayd etilgan natijani takrorlash kerakligi asosiy vazifa qilib olindi.

Har qanday turnir, u qanday saviyaga ega bo'lmasin mamlakat futbolini bir qadam oldinga tashlanishiga sabab bo'lishi aniq. Tebsa tebranmas darajaga kelib qolgan oliy ligamizga mana shunday yirik g'alabalar etishmayapti. Futbolchilar ham xuddiki kun o'tishi uchun o'ynab yurgandek go'yoki. Evropadan farqli ravishda bizda bir futbolchi 2-3ta yoshdagi terma jamoalarda o'ynab yuraveradi. Murabbiylar selekciya ishlariga juda sust qarashyapti. Bu jamoani shakllantirish orqali esa milliy terma jamoaga kirish orzusida bo'lgan futbolchilar uchun katta eshikni ochish degani. Menimcha har bir musobaqaga faqat o'z yoshidagilarning xizmatidan foydalanish payti keldi. Mana yillar davomida Abbos Maxsitalievni bir terma jamoadan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga olib o'taverib bitta istedodning boshiga etib bo'ldik. Bu erda aybni "Paxtakor"ga to'nkayotganlar adashishadi, Abbos bir kun u terma jamoada yurgan bo'lsa, ertasi kun yangisiga ketaverib klub uchun qarorgohida deyarli bo'lmay qolgandi. Hech etibor berganmisiz, nima uchun yoshlar va o'smirlar terma jamoasida porlaganlar keyin yo'q bo'lyapti-yu, o'z paytida terma jamoaga chaqirilmaganlar keyinchalik oliy ligada o'z o'rinlariga ega bo'lmoqda? Negaki bizda tizim noto'g'ri yo'lga qo'yilgan. Hadeb turli yoshdagi yig'inlar, uzoq safarlar o'tkaziladi va futbolchi klubidan uzilib qolaveradi. Aksincha terma jamoa murabbiyi nazaridan chetda qolgan fubtolchi keyinchalik o'z klubining asosiy tarkibidan muqim joy oladi. CHunki u doimiy ravishda klubi tizimida o'zini shakllantirib boraveradi. Yig'inlar kerak, ammo oliy liga qizigan va futbolchi o'z klubiga kerak paytda emas. Maqsad MTJ yo'lida birlashish bo'lsa, avval klublarda futbolchilarni asosiy tarkibda o'ynatishga erishishimiz kerak.

Endi bevosita musobaqaga qaytamiz. Osiyo o'yinlari na FIFA, na OFK tasarrufida emas. SHuning uchun bu musobaqada hamma terma jamoa ham asosiy tarkibini yubormaydi. Asosan bir yil keyin boshlanadigan Olimpiada saralash o'yinlariga tayyorgarlik sifatida qaraladigan musobaqa. Gapimning isboti sifatida 2010 yil bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari raqamlariga murojaat qilsam.

2010 yilgi musobaqada 1987 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashishi lozim edi. CHempionlikni qo'lga kiritgan Yaponiya yoshlarining tarkibidagi 10 nafar futbolchi 1990 yilda tug'ilgan. Bugun milliy terma jamoada to'p tepayotgan, 1990 yilda tavallud topgan Xotaru Yamaguchi va Masato Kudo Osiyo o'yinlarida chempionlikni tantana qilgan edilar. Ikkinchi o'rin sohibi BAA terma jamoasi safida ham asosan 1990 yilda tavallud topgan futbolchilar o'yin qilgan edilar. Muhamad Fayzi, Ahmad Ali, Teyab Avana. Ahmad Xalil va Omar Abdulrahmon 1991 yilda tug'ilgan. Agar bu ikki futbolchi yana bir necha kundan keyin boshlanadigan musobaqada ishtirok etadigan bo'lsalar, shubhasiz BAA yana chempionlik uchun kurash olib boradi.
 
Turnirda bronza medallarini qo'lga kiritgan Koreyagina biroz limitdan foydalangan. 1982 yilda tavallud topgan Kim Jung Vu harbiy xizmat vazifasini o'tayotganligi uchun terma jamoada o'ynagandi. Yoshi kattalardan 1985 ylda tug'ilgan Park CHu Yong ishtirok etgan. Bir yil o'tib Osiyo Kubogi to'purari bo'lgan Ku Ja CHeol ham Osiyo o'yinlarida to'p tepgan edi. Bu safargi turnirning asosiy fovoriti aynan mezbonlar bo'ladi. Ular uchun o'z maydonlarida bo'lib o'tadigan musobaqaga futbolchilarni jalb etish muammo tug'dirmaydi. Koreyaliklarning o'zlari esa asosiy raqib sifatida bizni ko'rsatishmoqda.

Endi qura natijalariga etibor qaratamiz. Qurada bizga omad kulib boqdi. O'zbekiston - Afg'oniston nafaqat bizni, balki butun dunyoni o'ziga jalb etsa ajab emas. Juda ko'pchilikda Afg'oniston futboli haqida tushuncha yo'q. Men yaqinda ularning chempionati bilan qiziqqandim. CHempionati kuchsiz, ammo muxlis to'plash va targ'ibot bo'yicha biznikilardan ancha ustun. Afg'oniston premer-ligasining rasmiy sayti barcha o'yilarni bekamu ko'st yoritib boradi. Har bir tur o'yinlarining videosi saytdan joy oladi. Kuchlilar safida ishtirok etadigan 8 jamoaning barcha futbolchilari haqida malumot olishingiz mumkin.

Guruhdagi asosiy raqib Gonkong bo'lsa kerak. Bangladeshdan osonlikcha o'ta olamiz. Aslida guruhdagi raqiblarimizning kuchsizligi bizning foydamizga. Jamoa 1/4 finalga katta kuchni sarflamagan holda chiqadi. CHunki 1/4 finaldagi raqib biz uchun jiddiy. YO Saudiya Arabistoni yo Janubiy Koreya bo'ladi. Janubiy Koreya ham bizga qarshi tushishni istamasligi aniq. Bunday holatda ikki terma jamoa ham guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishlari kerak bo'ladi. SHundagina finalga qadar o'zaro uchrashmaydilar. Lekin bizning “dushman” o'zimiz ekanligini ham unutmasligimiz lozim. Og'zimizdagi oshni birovlarga bir necha marta oldirib bo'ldik. Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritadigan bo'lsak, futbolchilarimiz ruhan keyingi o'yinlarga tayyor bo'lishlari kerak bo'ladi. Eng qiyini aslida shu. Bitta g'alabadan keyin taltayib ketishimiz kerak emas. Faqat va faqat finalda hakamning yakuniy hushtagi yangraganidan keyingina bo'shashish mumkin, xolos.

Hozircha Saudiya Arabistoni termasi Turkiyada yig'in o'tkazganligi to'g'risida xabar bor. Katta ehtimol bilan aynan “A” yoki “B” guruhi vakillari chempionlikni tantana qilsa kerak. SHu kungacha bu musobaqa olimpiya terma jamoamiz uchun mashg'ulot vazifasini bajarib kelgan bo'lsa, bu safar Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga repiticiya bo'ladi. SHu tarkibga nari borsa yana 5 nafar futbolchini qo'shsak MTJ hosil bo'ladi.

P.S: Yana bir quvonchli xabarni Sizga etkazishni istardik, Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan hujjatni qo'lga kiritdik. SHunday ekan, musobaqa davomida saytimiz sizlarni zeriktirib qo'ymaydi, undan tashqari hozirgina BAA vizasini ham qo'lga kiritdik. Koreyadan keliboq BAAga uchamiz va O'zbekiston MTJni Osiyo Kubogi oldidan o'tkazadigan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etamiz. Homiylarni bo'lsa marhamat!.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика