So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  206 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Osiyo o'yinlari. Incheonda ikkinchi salbiy natijani qayd etdik Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. Incheonda ikkinchi salbiy natijani qayd etdik

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tgan 17-Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi 32 ta sport turida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.
Sport delegaciyamiz musobaqa yakuniga ko'ra jami 44 ta medalni qo'lga kiritdi. SHulardan 9 tasi oltin, 14 tasi kumush hamda 21 tasi bronza medallaridir.

Qita o'yinlaridagi avvalgi ishtiroklarimiz bilan taqqoslaydigan bo'lsak, bu ikkinchi salbiy ko'rsatkich ekanligi oydinlashadi. Masalan, bundan 20 yil avval Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan 12-Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 12 ta kumush, 19 ta bronza medali bilan ortga qaytgan edi.

1998 yili Tailandning Bangkok shahrida o'tgan 13-Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz tomonidan eng past natija qayd etilgan. O'shanda bor yo'g'i 6 ta oltin medal qo'lga kiritilgan edi. SHuningdek, 22 ta kumush, 12 ta bronzaga ham egalik qilgandik.

SHu paytgacha Osiyo o'yinlarida olti bor qatnashgan bo'lsak, eng yaxshi natijamiz 2002 yili Pusan shahrida qayd etilgan edi. Osiyo o'yinlari g'oliblari soni 15 nafarni tashkil etgandi. Bundan tashqari, 12 ta kumush, 24 ta bronza, jami 51 ta medal bilan taqdirlangan edik.

Eng ko'p medalga esa 2010 yili Xitoyning Guanchjou shahrida sazovor bo'lgandik. O'shanda jami 56 ta medaldan 11 tasi oltin, 22 tasi kumush, 23 tasi bronza medali bo'lgan edi.

2002 yilda bo'lgani kabi bu safar ham Janubiy Koreya zamini omad keltirishiga umid qilgandik. Lekin oltinlarimiz soni 10 taga ham etmadi. Umumjamoa hisobida 11-o'rin bilan cheklandik. SHu paytgacha ikki bor  1994 hamda 2002 yilgi Osiyo o'yinlarida kuchli beshtalikdan joy olgandik. Hozirgacha eng yaxshi natijamiz ham 5-o'rin bo'lib qolmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика