So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik davom etadi Yangiliklar

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik davom etadi

Teglar :  Osiyo Kubogi
Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalar musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rishga harakat qilishyapti.

Osiyo Kubogi startiga 50 kun qoldi. Demak, ishtirokchi jamoalar bundan buyog'iga otni yanada qamchilashadi. Kecha bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinlarida Saudiya Arabistoni Yamanni mag'lub etgan bo'lsa, biz bilan bitta guruhdan joy olgan Yaponiya Venesuela bilan durang o'ynadi.

Yaponiya - Venesuela 1:1
Yaponiya navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Venesuelaga qarshi o'tkazib durang qayd etdi. Yaponlar tarkibida Xiroki Sakay gol muallifi bo'ldi. Raqib jamoaning goli esa penaltidan kiritildi. SHuni aytish lozim, yaponlar yangi murabbiy Xajime Moriyasu qo'l ostida hali mag'lub bo'lishgani yo'q. Yaponiya safida gol urgan urgan futbolchi Xiroki Sakay Franciyaning "Marsel" klubida to'p tepadi.

Falastin - Pokiston 2:1
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik olib borayotgan Falastin terma jamoasi Pokistondan ustun keldi. Bu jamoa guruh o'yinlarini Avstraliya, Suriya va Iordaniyaga qarshi o'tkazadi. Falastin termasi o'zining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini seshanba kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.

BAA - Boliviya 0:0
Osiyo Kubogi-2019 mezboni BAA bu safar durang qayd etdi. Boliviyaga qarshi kechgan nazorat bahsida hisob ochilmadi. BAA futbolchilari navbatdagi uchrashuvni seshanba kuni Yamanga qarshi o'tkazishadi. Bu jamoa Osiyo chempionati guruh bosqichini Tailand, Bahrayn va Hindistonga qarshi o'tkazadi.

Saudiya Arabistoni - Yaman 1:0
Abdulrahmon G'arib tomonidan kiritilgan yagona gol saudiyaliklarga g'alaba taqdim etdi. Malumot uchun, gol urgan futbolchi "Al Ahli" klubi hujumchisi hisoblanadi. Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogida "E" guruhidan joy olgan va Qatar, Livan hamda KXDRga qarshi o'ynaydi. SHuni aytish lozim, saudiyaliklar JCH-2018dan so'ng to'rtta o'yin o'tkazib birinchi bor zafar quchdi. Avvalgi uch o'yinda jamoa Boliviya va Iroq bilan durang o'ynab, Braziliyaga imkoniyatni boy bergandi. Saudiyaliklar navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Iordaniyaga qarshi o'tkazishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика