So’nggi yangiliklar

13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  0 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  8 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  14 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  20 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  33 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21

Osiyo Kubogiga 175 kun qoldi. Tim Keyxillning musobaqadan umidi katta Yangiliklar

Osiyo Kubogiga 175 kun qoldi. Tim Keyxillning musobaqadan umidi katta

2015 yilning yanvarida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga ham sekin-asta oz vaqt qolmoqda.
Yaxshi bilasiz, navbatdagi musobaqa Avstraliyada bo'lib o'tadi. Yaqinda Avstraliya terma jamoasining etakchilaridan biri Tim Keyxillga matbuot vakillari bir nechta savol bilan murojaat qilishdi.

- Siz uchun Osiyo Kubogi qanday ahamiyatga ega?
Tim Keyxill: “Albatta, ko'pchilik qatori men ham turnirda ishtirok etishni xohlayman. Negaki bu Osiyodagi eng katta futbol musobaqasi hisoblanadi. Men har doim jismoniy holatimni yaxshilab borishga harakat qilganman. Bu musobaqa men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin, shu bois unda g'alaba qozonish uchun bor kuchni ishga solaman”.

- Osiyo Kubogi Avstraliya uchun qanchalik muhim?
Tim Keyxill: “Musobaqa birinchi marta bizning mamlakatda o'tkaziladi. Bu esa muxlislarga katta quvonchni tortiq etadi. Dunyo aholisining yarmidan ko'pining nigohi bizga qaratiladi. Qolaversa, Avstraliyaga Osiyoning eng kuchli terma jamoalari kelishadi. O'ylaymanki, biz musobaqani yuqori saviyada o'tkazamiz”.

- Muxlislarga nima deya olasiz?
Tim Keyxill: “Biz uchun hamma stadion to'lishi juda muhim. Men chiptalar narxi bilan tanishib chiqdim. Bolalarga 5 dollar, kattalarga 15 dollar ekan. Bu unchalik qimmat emas. Agar o'yinlarimizda ishqibozlar astoydil qo'llab turishsa, musobaqada g'olib chiqa olamiz. CHunki muxlislarning olqishi biz uchun hamma narsadan ustun”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика