Osiyo Kubogidagi raqibimiz Yaponiyaga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018, 14:33
Yaponiya terma jamoasi yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi.

Shu kunga qadar Yaponiya U-23 terma jamoasini boshqargan Xajime Moriyasu Yaponiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Akiro Nishinodan so'ng bo'shab qolgan lavozimni egalladi. Xajime Moriyasu futbolchi sifatida 1992 yil terma jamoa safida Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan. Murabbiy sifatida 3 marta Yaponiya chempioni, ikki bor Yaponiya Superkubogi sohibi bo'lgan. 2015 yil klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida 3-o'rinni egallagandi.

Yaponiya Rossiyada o'tgan Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib mundialni tark etgan.

Eslatib o'tamiz, Yaponiya Osiyo kubogi-2019da O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs 17 yanvar kuni BAAning Al Ayn shahrida bo'lib o'tadi.

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Yaponiya musobaqagacha 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia