So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  2 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  0 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  1 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  2 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  13 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  21 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  15 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  169 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1

Osiyo Kubogida jamoalar eng ko'p aniq zarbani - Turkmaniston va O'zbekiston darvozasi tomon yo'llashgan (to'liq statistika) Yangiliklar

Osiyo Kubogida jamoalar eng ko'p aniq zarbani - Turkmaniston va O'zbekiston darvozasi tomon yo'llashgan (to'liq statistika)

"Opta" statistika qo'mitasi Osiyo Kubogidagi barcha terma jamoalarning hamda futbolchilarning to'liq statistikasini taqdim etdi.

Mazkur statistik malumotlar asosida musobaqa ishtirokchilari va xususan terma jamoamizning ko'rsatkichlarini tahlil qilib chiqamiz.



Demak, terma jamoamiz musobaqada "F" guruhidan o'rin olib, yakunda ikkinchi o'rin sohibiga aylandi. Nimchorak finalda esa Avstraliya bilan o'ynadi va 120 daqiqa ichida g'olib aniqlanmagach, masala penaltilar seriyasida echildi. "Lotereya" deya nom olgan seriyada omad "kengurular"ga kulib boqdi. Natijada terma jamoamiz Osiyo Kubogida 4 uchrashuv o'tkazdi va 2 g'alaba, 1 durang hamda 1 mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati esa 7-3 ko'rinishi xosil qildi.



Eng ko'p golni kutilganidek chempion jamoa Qatar kiritdi - 19. Feliks Sanches jamoasi 7 uchrashuvda raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqishdi. O'zbekiston terma jamoasi esa 4 o'yinda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Terma jamoamiz faqatgina Avstraliya darvozasiga yo'l topa olishmadi. Ummon darvozasiga 2 ta, Turkmanistonga 4 va Yaponiyaga 1ta gol urishni uddaladik. Barcha gollarimiz guruh bosqichida kiritildi. Urilgan gollarning yarmidan ko'pi aynan Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahsda yuzaga keldi. To'rtta va undan kam o'yin o'tkazgan jamoalar ichida eng ko'p gol bizga tegishli bo'ldi. Umumiy hisobda esa urilgan gollar bo'yicha beshinchi ko'rsatkichni qayd etdik.


Mazkur jadvalda terma jamoalarning butun musobaqa davomida darvoza tomon berilgan zarbalari haqida malumot taqdim etilgan. Raqib darvozasi tomon eng ko'p xavf solgan jamoa - Eron. Keyrush qo'l ostidagi jamoa 6 uchrashuvda 91 marotaba darvoza tomon zarba yo'llagan. SHulardan 30tasi mo'ljalga aniq borgan. Bu degani har uchinchi zarbadan biri darvoza aniq borgan.

O'zbekiston mazkur ko'rsatkich bo'yicha ancha pastki o'rinda. Terma jamoamiz darvoza tomon xavf solish, yani zarba yo'llash borasida 15-o'rinni egallagan. Terma jamoamiz 4 uchrashuvda 40 marotaba darvoza tomon xavf solishga uringan. SHulardan 16tasi mo'ljalga aniq borgan. Etiborli tarafi, terma jamoamizning darvoza tomon yo'llagan 16ta aniq zarbasidan 7tasi golga aylangan. Yani vaziyatlarni golga aylantirish foizi borasida terma jamoamizning ko'rsatkichi chakki emas. O'zbekiston terma jamoasining darvoza tomon tepgan zarbalarining 17,5% golga aylangan. Mazkur jihat bo'yicha faqatgina Qatar bizdan yaxshiroq natija qayd etgan. Biroq bu erda bizning terma jamoamiz nisbatan kamroq zarba yo'llaganini ham inobatga olish lozim. Umumiy hisobda raqib darvozasi tomon xavf solish borasida xatto Qirg'iziston terma jamoasidan ortda qolganmiz. Qo'shnilar 57 marotaba raqib darvozasi tomon zarba yo'llashgan. Ammo aniq zarbalari soni ularda atigi 15tani tashkil qiladi.


Eng ko'p to'p uzatmani amalga oshirish borasida Paulu Bentu boshqaruvidagi Janubiy Koreya barchani ortda qoldirdi. Xattoki koreyaliklardan bittadan ko'p o'yin o'tkazgan Qatar va Yaponiya ham umumiy hisobda Janubiy Koreyani quvib o'tolmadi. Janubiy Koreya terma jamoasi o'tkazilgan 6 uchrashuvda jami 3341ta pas o'ynagan. Aniqlik - 87%. O'zbekiston terma jamoasi esa to'p uzatma borasida 9-pog'onada. Kuper qo'l ostidagi jamoa 4 uchrashuvda jami 2047 marotaba pas o'ynagan. Aniqlik - 82,8%.

Uzatmani aniqligi borasida Saudiya Arabistoni (2569) eng yaxshi natijani qayd etdi - 87,8%. Eng kam pas o'ynagan terma jamoa - KXDR. Eng ko'p noaniq uzatma esa Hindiston terma jamoasiga tegishli - 56,3%.


To'p nazorati, yani to'p bilan muomula qilish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich Saudiya Arabistoni terma jamoasiga tegishli. Ular barcha o'tkazgan o'yinlarida umumiy hisobda 72,6% foiz to'p bilan muomulada bo'lishgan. Bu borada eng yomon natija KXDRga tegishli - 32%. O'zbekiston terma jamoasining esa mazkur holat borasidagi natijasi - 47,4%.


KXDR terma jamoasi nafaqat eng kam pas o'ynagan, balki eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa sifatida ham Osiyo Kubogi-2019 tarixida qoldi. SHimoliy Koreya darvozasi 3 uchrashuvda jami 14 marotaba ishg'ol etildi. Keyingi o'rinda guruhdoshimiz, O'zbekistondan 4ta gol o'tkazib yuborgan Turkmaniston - 10. SHuningdek, Yaman terma jamoasi ham eng ko'p gol qo'yib yuborgan orasida kuchli uchlikka joylashgan. O'zbekiston terma jamoasi esa 4 o'yinda 3ta gol o'tkazgan va 2 quruq o'yin o'tkazgan. Bu borada Iroq, Saudiya Arabistoni, Falastin, Eron biz bilan bir xil ko'rsatkich qayd etgan. Janubiy Koreya, Iordaniya va Qatar esa bizdan ko'ra kam gol o'tkazgan.


Darvozasi tomon eng ko'p xavf solingan terma jamoalar ro'yxatida Yaponiya peshqadam. Vice-chempion jamoa darvozasi tomon jami 72 marotaba zarba yo'llangan, shulardan 18tasi darvoza tomon aniq bo'lgan. Ikkinchi o'rin mezbon BAAga tegishli. Amirliklar darvozasiga 71 marotaba zarba berilgan, shulardan 21tasi mo'ljalga aniq kelgan. Kubok sohibi Qatar darvozasi tomon esa raqiblar 71 marotaba zarba yo'llashgan. CHempion jamoa darvozasi tomon aniq yo'llangan zarbalar soni - 11.

O'zbekiston terma jamoasi darvozasi tomon esa raqiblar 4 uchrashuvda jami 61 marotaba zarba berishgan. SHulardan 24tasi aniq yo'llangan va 3tasi golga aylangan. qayd etish kerakki, nisbatan darvozasi oldidan ko'p xavf solingan Yaponiya, BAA va Qatar O'zbekiston terma jamoasiga nisbatan ko'p uchrashuv o'tkazgan. O'yin soniga qaraganda, nisbatan terma jamoamiz darvozasi oldida anchagina ko'proq xavf solingan. Bu borada bizga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazgan Turkmaniston terma jamoasi natijasi yomonroq. Taqqoslash uchun solishtiradigan bo'lsak, biz bilan teng o'yin o'tkazgan Qirg'iziston terma jamoasi darvozasi tomon 4 uchrashuvda jami 56 marotaba zarba berilgan. SHulardan faqatgina 16tasi mo'ljalga aniq borgan. Yoki bizdan ko'proq uchrashuv o'tkazgan Xitoy yoki biz bilan teng o'yinda maydonga tushgan Tailand ham nisbatan ancha tartibli va himoyada mustahkamroq o'ynagan.

Osiyo Kubogida raqiblar eng ko'p aniq zarbani Turkmaniston terma jamoasi darvozasi tomon yo'llashgan - 25. Ikkinchi ko'rsatkich esa O'zbekistonga tegishli - 24.


CHempion Qatar terma jamoasi 7 uchrashuvda 13 marotaba ogohlantirish olgan holda mazkur ko'rsatkich bo'yicha peshqadamlikni KXDR bilan birga bo'lishdi. Guruhda so'nggi o'rinni egallagan KXDR atigi 3 o'yinda 11 ogohlantirish va 2ta qizil kartochka bilan siylandi. Eng kam ogohlantirish esa Hindiston terma jamoasiga tegishli - 2.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Osiyo Kubogida 7 marotaba ogohlantirish oldi va 1 marotaba chetlatildi.


Osiyo Kubogida maydonga tushgan eng yosh boshlang'ich tarkib Iroq terma jamoasiga tegishli - 23 yoshu, 309 kunlik. CHempion Qatar terma jamoasining ham o'rtacha yoshi juda yosh bo'ldi - 25 yoshu, 92kunlik. O'zbekiston terma jamoasi bu borada 18 o'rinda qayd etildi - 27 yoshu, 276 kunlik.


Osiyo Kubogi to'purari bo'lgan Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almoez 7 uchrashuvda 9ta gol urdi. Qayd etish kerakki. Ali Almoez eronlik afsonaviy hujumchi Ali Daining Osiyo Kubogidagi rekordi, yani bir musobaqada 8ta gol urish ko'rsatkichini yangiladi. To'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni Eldor SHomurodov sardor Azmun, Yuya Osako va Ali Mabhut bilan bo'lishib turibdi. Eng yaxshi assistent bo'lgan Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Akram Afif ham fantastik natija ko'rsatdi. Quyida to'purarlar ro'yxati va golli uzatmalar bo'yicha eng eng assistentlar bilan tanishasiz.


Osiyo Kubogida eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchilar ro'yxatida kutilganidek turnirning eng yaxshi assistenti Akram Afif juda katta tafovut bilan peshqadamlik qildi. Afif turnir davomida jami 26 marotaba xavfli vaziyat yaratishga erishdi. Ikkinchi o'rinda Avstraliya terma jamoasi vingeri Kris Ikonomidis bo'ldi. Mazkur ro'yxatda birorta o'zbekistonlik futbolchi qayd etilmadi.

SHuningdek, gol plyus pas tizimida ham Akram Afif etakchilikni qo'lga oldi. Ikkinchi o'rin to'purar Ali Almoezga nasib etdi. Mazkur gol plyus pas tizimida to'purarimiz Eldor SHomurodov gollari evaziga 8-o'rinni egalladi.


Eng ko'p pas o'ynagan futbolchilar ro'yxatida Jung Vu-Yang peshqadamlik qildi. Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi 5 o'yinda 495 marotaba uzatmani amalga oshirdi. Uzatmalarning aniqlik foizi - 89,7. Eng ko'p uzatmani amalga oshirgan futbolchilarning (TOP15) ro'yxatida ham o'zbekistonlik futbolchi kirmadi.


Eng ko'p to'pga tashlanish (podkat) va raqibdan to'pni olib qo'ygan futbolchilar ro'yxati: To'pga tashlanish borasida Pedro Korrea eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan. Raqibdan to'pni olib qo'yish borasida Qirg'iziston terma jamoasi himoyachisi Valeri Kichin eng yaxshi natijani ko'rsatdi. Etiborlisi, mazkur ro'yxatda ham o'zbekistonlik futbolchining nomi ko'rinmadi.


Darvozabonlar statistikasi nazar tashlaydigan bo'lsak, Osiyo Kubogida eng ter to'kkan va raqiblar ko'p bezovta qilgan posbon Ignatiy Nesterov bo'ldi. Terma jamoamiz posboni turnir davomida 21 marotaba darvozaga kelgan zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Nesterov darvozasi tomon kelgan xavfning 87,5% qaytarishga erishgan. Nesterov turnir davomida 2 marotaba chinakamiga katta seyvni amalga oshirgan. Foiz ko'rsatkichida eng yaxshi natija Amir SHafiga tegishli. Iordaniya posboni Osiyo Kubogida 20 marotaba seyv amalga oshirib, darvoza tomon yuzaga kelgan 95,2% xavfni qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Katta seyvlarni amalga oshirish bo'yicha Ummon terma jamoasi kiperi Fayz Al Rusheydi ustunlik qilgan. Rusheydi musobaqa davomida darvozasini 5 marotaba muqarrar gollardan saqlab qolishga erishgan.


Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, terma jamoamiz Osiyo Kubogida barqaror ko'rinmaganini statistik malumot ham tasdiqlab turibdi. Yani, ko'plab jihatlar borasida nisbatan ancha past ko'rsatkichlar qayd etilgan. To'p nazorati, himoyadagi tartib va hujumdagi keskinlik. Mazkur hijatlar futboldagi eng muhim omil sanaladi. O'tkazilgan to'rtta o'yinda raqiblar darvozamiz oldida keragidan ko'proq xavf yaratishga muvaffaq bo'lishgan. Darvozabonimiz Nesterovning jonbozligi va musobaqada atigi 4 o'yin o'tkazganimizga qaramasdan eng ko'p seyvni bizning kiperimiz amalga oshirgani ham himoyada qanday "tartibli" o'ynaganimizga xolisona javob beradi.

Statistikaga nazar soladigan bo'lsak, birgina yaxshi tomoni shuki, nisbatan kam vaziyat yaratganimizga qaramasdan gollarimiz soni chakki emas. Yani, samaradorlik foizi yuqori. Ammo shuni utunmaslik kerakki, urilgan gollarimizning yarmidan ko'pi daraja jihatidan bizdan ancha past bo'lgan Turkmanistonga qarshi o'yinda kiritilgan va Ummon bilan bo'lgan bahsdagi individual mahorat mevalari. Yani, terma jamoamizda aniq yo'lga qo'yilgan jamoaviy o'yin, pozicion va kombinacion hujumlar yo'qligi musobaqada ko'rinib qoldi. Kuper qaerda nima xatoga yo'l qo'ygani va musobaqaga murabbiy jamoani tayyorlay olmagani haqida avval yozgan maqolamda to'xtalgandim.

Ektor Kuper Osiyo Kubogidagi terma jamoamizning ishtirokini chuqur tahlil qilishi va qaerda nima xatolarga yo'l qo'ygani haqida yaxshi tasavvurga ega bo'lishi muhim. Qizig'i, hozirga qadar O'FA terma jamoamiz bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etgani yo'q. Odatda yirik musobaqalardan so'ng bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilib, murabbiy OAV xodimlari oldida muxlislarga hisobot beradi. Xoh musobaqa muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsin, xoh muvaffaqiyatsiz.

Misol uchun, Germaniyaning JCHdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng GFI Yoaxim Lyov va terma jamoa etakchilari bilan maxsus matbuot anjumani tashkil etib, murabbiy mundialdagi ishtirok borasida 2 soatdan ortiq hisobot bergan. Murabbiy qaerda nima xatoga yo'l qo'ygani hamda bunga qanday echim topgani va yaqin kelajakdagi rejalari haqida batafsil o'rtoqlashgandi. 

Terma jamoa xalqniki. Uning taqdiri faqatgina O'FA yoki Kuperga emas, barchaga birdek qiziq. SHu boisdan ham Ektor Kuper ishtirokida aynan Osiyo Kubogiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazilishini kutishga haqlimiz.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика