Osiyo Kubogi. Yaponiya faqat g'alabani o'ylayapti
19 jan 2015 17:10
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Yaponiya faqat g'alabani o'ylayapti
Ertaga "D" guruhida oxirgi tur bahslari bo'lib o'tadi.
Osiyo chempioni bo'lishga asosiy favoritlardan biri Yaponiya terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi va bu o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqaradi. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi va unda ishtirok etgan yaponiyaliklar bosh murabbiyi Xaver Agirre quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Avvalgi ikkita bahsda g'alaba qozondik, ertangi o'yinda ham faqat yutuqni ko'zlab maydonga chiqamiz. O'ylaymanki, ertaga chiroyli futbol guvohi bo'lamiz. Safimizda yaxshi futbolchilar ko'p. SHulardan biri Makoto Xasebe deb ayta olaman. U tabiatan etakchi. Bundan tashqari, darvozabon Eyji Kavashima bilan yarim himoyachi Keysuke Xonda ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda".

Fikrlar