So’nggi yangiliklar

13:05"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:50Музаффар Олимжонов: "Мазкур ўйиндаги ғалаба билан барча айбимизни ювдик деб ўйлайман"  0 12:23Ислом Тўхтахўжаев: "Барча ўйинда камбэк амалга ошириб бўлмайди. Чемпионлик учун 4-5 жамоа кураш олиб боради"  2 12:08Ҳамидулло Абдунабиев: Шуни унутмаслик керакки, биз мусобақа пешқадамига қарши майдонга чиққан эдик"   1 11:49Миржамол Қосимов: "Ўтган мавсум давомида ҳам ҳеч ким бизни чемпионликка даъвогарлар сафида тилга олишмаганди"  2 11:26Темурхўжа Абдухолиқов: "Иккита дурангни муваффақиятсизлик дейиш бизни хурсанд қиляпти, сабаби..."  2 11:09Моуриньо "Фенербахче"да Кьезани кўрмоқчи  0 10:44Таҳлил. Қосимов ғалаба учун ҳамма нарса қилди, Зейтуллаев янги "Бунёдкор"ни қуряпти  5 10:40«Қўқон-1912» легионери:« Бу лаҳзани анчадан бери кутгандим»  0 10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  29 09:38«Арсенал»нинг икки футболчиси ПСЖга қарши учрашувдан аввал жароҳатдан қайтди  8 09:10«Рома»нинг шорт-листида 4 нафар мураббий бор  7 08:40Мессининг «Барселона»га қайтмаслигининг сабаби маълум  19 08:12Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  1 07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0

Osiyo Kubogi. To'rtinchi o'yin eng qiyini bo'ladi Yangiliklar

Osiyo Kubogi. To'rtinchi o'yin eng qiyini bo'ladi

Bugun milliy terma jamoamiz Osiyo chempionatida o'zining to'rtinchi uchrashuvini o'tkazadi.
GURUH BOSQICHI ORTDA QOLDI
Bungacha guruhda uchta o'yin o'tkazdik va har bir bahs o'ziga xos darajada kechdi. Avvaliga KXDR 1:0 hisobida mag'lub etdik, keyin Xitoyga 1:2 natijasi bilan yutqazib qo'ydik. Aynan shu mag'lubiyatdan so'ng terma jamoa shaniga juda ko'p tanqidlar yog'ildi. Muxlislarni mag'lubiyatdan ham ko'ra terma jamoa ko'rsatgan o'yin ko'proq darg'azab qildi. SHu o'yinda maydonga tushgan futbolchilarni tanqid qilmoqchi emasmiz-u, ammo aksariyat futbolchilarning ko'zida o't chaqnamadi, jamoa sekin va ishtiyoqsiz harakat qildi.



Ammo uchinchi uchrashuvga kelib hammasi joyiga tushdi. Saudiya Arabistoni bilan o'yin arafasida terma jamoada bosim kuchaydi. Bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmasdi. Hatto durang ham arablarga chorak final eshigini ochar, biz esa uyga qaytishga majbur bo'lardik. Lekin yigitlar tez orada o'zlariga kelib olishdi va Saudiya Arabistoniga qarshi o'ta muhim bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu kuni O'zbekiston libosida maydonga tushgan borki, hamma rohat qilib o'ynadi. To'g'risini aytsam, o'zim ham anchadan beri stadionda turib bunaqa qiziqarli bahsni ko'rmagandim.

Saudiya bilan kechgan bellashuvda Sardor Rashidovning ikkita goli o'yinni bezab berdi. Qolaversa, zaxiradan tushirilgan Vohid SHodiev ham tezda bahsga kirishib ketdi va bosh bilan chiroyli to'p kiritishga erishdi. O'zga yurtda yurganingda terma jamoang g'alaba qozonsa juda boshqacha bo'lib ketar ekansan. CHunki ikki haftadan oshdiki shu erdamiz va bu erda futboldan boshqa ovunchog'imiz yo'q. Uxlasak ham futbolni o'ylaymiz, uyg'onsak ham futbol deb uyg'onamiz. Melburn markaziy stadionida yaratilgan sharoitlarni ko'rib, havasingiz keladi. Maydon holatiga ham gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

Terma jamoamiz Avstraliyaga jo'nab ketishidan oldin Toshkentda tashkil qilingan matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov “Biz Saudiya Arabistonidan kuchlimiz” degandi. CHindan ham shunday bo'lib chiqdi. O'yinning o'zi yaqqol ko'rsatdi, biz shu kuni faqat omad tufayli g'alaba qozonganimiz yo'q. Raqib hakamning antiqa qarori sabab penalti tepishga muvaffaq bo'ldi. Agar shu lanati penalti bo'lmaganida ular gol ham ura olishmasdi. Bu o'yinda Saudiya Arabistoni terma jamoasida bir nechta muammolar borligi ko'zga tashlanib qoldi. Jamoa Ko'rfaz kubogida g'olib bo'la olmagach, darhol oldingi bosh murabbiy istefoga chiqarildi va o'rniga “Al SHabab”da tuppa-tuzuk ishlab kelayotgan Kosmin Olariu ikki oylik shartnoma asosida terma jamoaga tayinlandi. Tabiiyki, yangi murabbiy boshchiligida birdaniga o'ynab ketish oson emasdi. Mana shularni hisobga olib Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabani juda shov-shuvdek qabul qilish kerak emas, qolaversa, biz yutgan Saudiyani Xitoy ham mag'lubiyatga uchratdi.



ASL KUCHIMIZ BUGUN BILINADI
Janubiy Koreya terma jamoasi esa butunlay boshqa mavzu. Ularning o'yinini kuzatar ekansiz, go'yoki kuchsiz tomonlari yo'q ekan degan xayolga borasiz. Har holda koreyaliklarning Avstraliyaga qarshi o'yinini ko'rib men shunday o'yga bordim. Bugungi raqibimiz guruhdagi har uchala raqibdan keskin farq qiladi. Janubiy Koreya KXDR, S.Arabistoni va Xitoydan bir bosh baland. Germaniyalik murabbiy Uli SHtilike boshqarayotgan jamoa guruh o'yinlari birorta ham gol o'tkazmasdan bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bugun esa bizda shunday imkoniyat borki, koreyaliklar darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol etishimiz mumkin. Malumot uchun, Uli SHtilike o'tgan yilning sentabr oyidan beri terma jamoani boshqarib kelmoqda. Murabbiy bungacha Qatarning “Al Arabi” klubida ishlagan.



Kechagi matbuot anjumanida har ikkala bosh murabbiy o'zlariga ishonch bilan gapirishdi. Mirjalol Qosimov guruh o'yinlari ortda qolgani buyog'iga bitta xato ham qimmatga tushishi mumkinligiga etibor qaratdi. Raqib futbolchisi Son Xyong Min esa yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz deb aytib o'tdi. “Bayer” futbolchisidan O'zbekiston terma jamoasida kimlarni bilasiz?” deb so'raganimda u ikkilanib qoldi va o'rniga bosh murabbiy javob qaytardi: “Agar Son kechki mashg'ulotdan so'ng o'tkaziladigan mitingda uxlab qolmasa, O'zbekistonning hamma ftubolchilarini bilib oladi”. Agar bugun g'alaba qozonsak, Son Xyong Min shundoq ham bizning o'yinchilarni tanib oladi. Bundan tashqari, “O'zbekiston yarim finalda” kabi gaplar ertangi gazetalarning bosh sahifasidan o'rin olishi mumkin. O'ylaymizki, O'zbekiston terma jamoasi bugun bor ishtiyoq bilan to'p surgan holda xuddi Saudiya Arabistoni bilan bo'lgan bahsdagi kabi hammani o'ziga qarata oladi.

Xayrulla Xoliqov
Melburn, Avstraliya.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика