Osiyo Kubogi. Raqibimiz Ummon bugun Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston bilan o'ynaydi
13 dek 2018 15:12
Yangiliklar
Osiyo Kubogi. Raqibimiz Ummon bugun Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston bilan o'ynaydi
Kelasi yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqaning "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 9 yanvar kuni Osiyo Kubogidagi ilk o'yinimiz Ummon terma jamoasiga qarshi SHarja shahridagi "Sharjah stadium" o'yingohida bo'lib o'tadi.
Musobaqadagi mazkur raqibimiz Ummon terma jamoasi 13 va 16 dekabr kunlari Tojikiston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuvlar Ummon poytaxti Maskat shahrida bo'lib o'tadi. Bugun dastlabki bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
12:47
Jizzaxdagi gollarga boy dramada "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etgan uchrashuvdan GALEREYA 1
Fikrlar