Osiyo kubogi. O'zbekiston Suriyaga qarshi qaysi rangli libosda maydonga tushadi?

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2024, 18:52
O'zbekiston milliy terma jamoasi 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o'yin bilan Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma'lum. Bosh hakam - ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf, unga hamyurtlari Abu Bakar Salim al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iroqlik Mohanad Qosim Sarray ishlaydi.

Osiyo Kubogi-2023, 1-tur
O'zbekiston - Suriya
13 yanvar 2023 yil. "Jassim bin Hamad", Doha. 22:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Abu Bakar Al Kaf (O'mon)
Qanot hakamlari: Abu Bakar Salim Al Amri, Rashid Hamid Al Gaiti (ikkalasi O'mon)
Zaxira hakami: Mohanad Qosim Sarray (Iroq)
VAR: Hamis Muhammad Al Marri (Qatar)
VAR assisenti: Salma Ahmad Falahi (Qatar)
Beshinchi hakam: Vatiq Mdallal Al Svayidi (Iroq). 



Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da "Jassim bin Hamad" stadionida boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати