So’nggi yangiliklar

08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1

Osiyo kubogi. Birinchi turda o'yini o'xshamagan O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Osiyo kubogi. Birinchi turda o'yini o'xshamagan O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan durang o'ynadi

Osiyo kubogi-2023ning birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Osiyo Kubogi-2023, 1-tur
O'zbekiston - Suriya 0:0

 
13 yanvar 2023 yil. "Jassim bin Hamad", Doha. 22:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Abu Bakar Al Kaf (O'mon)
Qanot hakamlari: Abu Bakar Salim Al Amri, Rashid Hamid Al Gaiti (ikkalasi O'mon)
Zaxira hakami: Mohanad Qosim Sarray (Iroq)
VAR: Hamis Muhammad Al Marri (Qatar)
VAR assisenti: Salma Ahmad Falahi (Qatar)
Beshinchi hakam: Vatiq Mdallal Al Svayidi (Iroq).
O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (13. SHerzod Nasrullaev, 46), 25. Abduqodir Husanov, 15. Umar Eshmurodov, 4. Farruh Sayfiev, 7. Otabek SHukurov, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullaev, 46), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odiljon Hamrobekov, 11. Oston O'runov (19. Azizbek Turg'unboev, 90+1), 10. Jaloliddin Masharipov (c) (21. Igor Sergeev,73).
Zaxira: 12Abduvohid Nematov, 16. Botirali Ergashev,6. Diyor Xolmatov, 18. Abdulla Abdullaev, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Bobir Abdixaliqov, 5. Muhammaqodir Hamraliev.
Suriya:  Ahmad Madaniya, Aixam Xanz Usu, Muayad Aladjaan, Taer Kruma, Ampntul Raxman Ues, Ezekel Xam, Amar Ramadan, Jalil Elias, Ibragim Xesar, Mahmud Alasvad, Pablo Sabbag
Zaxira: Ibragim Alma, Maksim Sarraf, Amr Almidani, Amro Jeniat, Xaled Kurdogli, Moayad Alxuli, Kamel Xmeyshe, Elmar Abram , Faxad Yusef, Omar Xrbin , Alaa Aldin Yasin Dal, Antonio Yakub
Ogohlantirish: 32 - Mahmud Alasvad, 54 - Abduqodir Xusanov
CHetlatish:


YANGILASH


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi

90+2. Sergeevning zarbasini darvozabon ushlab oldi

90+1. O'zgarish: Turg'unboev O'runovning o'rniga tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

85. ABBOOOOOS. Nihoyat jamoamiz ilk aniq zarbani yo'lladi. Abbosning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytramoqda

Uchrashuv yakuniga 10 daqiqa qolmoqda

77. Gol. Ibragim Xesar hisobni ochdi, biroq suriyalik ofsaydda ekan. Ammo golga ajoyib bo'ldi

76. Sergeev oxirgacha kurashdi va to'pni olib qo'ydi. Biroq Nasrullaevning zarbasini darvozabon ushlab oldi


73. O'zgarish: Masharipov zaxiraga olindi. O'rniga Sergeev maydonga tushdi

71. O'zgarish: Alasvad va Sabbag maydoni tark etdi, ularning o'rniga Faxad Yusef va Omar Xrbin maydonga tushdi

69. Oston O'runovning zarbasi juda noaniq

67. A reja o'xshamadi, bizga B reja kerak. Agar B reja bo'lsa

61. Masharipov navbatdagi burchak zarbasini "xavoga uchirdi"

54. Ogohlantirish: Abduqodir Xusanov hakam tomonidan ogohlantirildi

52. Abbbos o'yini kuchaytirdi. Ostoning uzatmasidan so'ng Fayzullaev zarba berdi, biroq noaniq

50. SHukurovda ajoyib imkoniyat bo'ldi, biroq noaniq ketmoqda

47. Yusupov xatoga yo'l qo'ymoqda. Ikkinchi bo'limda ustunlik raqiblarimizda

46. O'zgarish: Alijonov va Erkinov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Fayzullaev va Nasrullaev maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:0

Hakam birinchi bo'lim uchun 2 daqiqa qo'shib berdi

43. Xusanov himoyada ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Raqib hujumini to'xtatmoqda

41. Xojimat barchasini ideal amalga oshirdi. Aldadi, kirib bordi va aniq uzatmani amalga oshirdi. Biroq Sayfiev to'pni osmonlarga tepmoqda

39. Suriyaliklar yurakni shoshirib qo'ymoqda. Amar Ramadanning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

37. Hozircha hujumda hech narsa qilmayapmiz. Hujumchilarimiz o'zlariga kelishlari kerak yoki zaxiraga o'tirishlari kerak

32. Ogohlantirish: Mahmud Alasvad sardorimizga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

28. Hozircha jamoamiz juda sekin va xatolarga ko'p yo'l qo'ymoqda. Terma jamoamiz deyarli 30 daqiqa ichida tayinli hujum tashkil qilmadi

19. ZARBAAA. Hojimat Erkinov raqib maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq ozgina noaniq

14. Otabek SHukurovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

10. Suriyaliklar uzoqdan zarba berilmoqda. Ibragim Xesarning zarbasi noaniq

7. Ibragim Xesarning zarbasi darvozamiz tomon ketayotganida, Yusupov burchakka chiqarib yubordi

4. To'p bizda, biz birinchi raqam bo'lib o'tmoqda. Bu esa yaxshi. To'p asosan raqib maydonida biz tomonimizdan ushlab turilibdi

1. ZARBAA. Hamrobekov to'pni uzoqdan to'xtatmasdan zarba yo'lladi, biroq aniqlik etishmadi

Uchrashuv boshlandi. Qani ketdik, yigitlar!

Barcha narsa uchrashuv boshlanishiga tayyor. Vatan uchun, Olg'a yigitlar!

O'zbekiston Respublikasi madxiyasi yangramoqda.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda

Jamoamiz chigal yozdi mashg'ulotlarini olib bormoqda




Muxlislarimiz ham barchasiga tayyor


 

Jamoamiz o'yin bo'ladigan stadionga etib keldi






22:30 da O'zbekiston terma jamosi Suriyaga qarshi Osiyo kubogining birinchi turida maydonga tushadi.


Uzbekistan

Asian Cup Grp. B . 1-tur

13/01/2024, 21:30

0
:
0
Tugadi

Syria

Stadion: Jassim Bin Hamad Stadium, 10198 tomoshabin

45'
90'
46'  Khozhimat Erkinov (Abbosbek Fayzullayev)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Sherzod Nasrulloev)
54'  Abdukodir Khusanov
73'  Jaloliddin Masharipov (Igor Sergeev)
90'  Oston Urunov (Azizbek Turgunbaev)
31'  Mahmoud Al-Aswad
70'  Pablo Sabbag (Omar Khribin)
70'  Mahmoud Al-Aswad (Fahad Youssef)

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика