So’nggi yangiliklar

09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  3 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  7 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  11 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  1 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  31 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  50 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3

Osiyo Kubogi-2019. Yaponiyaga yutqazdik. Endi Avstraliya bilan o'ynaymiz Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Yaponiyaga yutqazdik. Endi Avstraliya bilan o'ynaymiz

Osiyo Kubogi doirasidagi "F" guruhining 3-turidan o'rin olgan Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi tafsilotlarini to'liq formatda onlayn kuzatib boring.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


O'YIN TUGADI! O'zbekiston Yaponiyaga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Endi 21 yanvar kuni shu stadionda Avstraliya bilan o'ynaymiz.

90+3. O'zgarish. Yaponiya. Koya Kitagava o'rniga Takexiro Tomiyasu tushdi

90+1. Xavfli vaziyat! Hoshimovning uzatgan to'piga hech kim eta olmadi!

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Vakillarimiz ketma ket imkoniyatlar yaratishmoqda, ammo gol yo'q.

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! DAVROOOOOOOON HOSHIMOOOOOOOOOOOOOOV! Ajoyib zarba va ajoyib seyv! 

85. O'zgarish. Yaponiya. Yoshinori Muto o'rniga Vataru Endo tushdi

84. ZARBAAAAAAAAAAA! RASHIDOV! CHap qanotdan erlatib uzatilgan to'pni Rashidov darvozaga yo'llay olmadi! Ajoyib vaziyat ediya!

82. ZARBAAAAAAA! Yaponlar tezkor qarshi hujumga o'tishdi, yaxshiyam zarba noaniq chiqdi!

81. Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi naf keltirmadi

81. O'zgarish. Yaponiya. Takashi Inui o'rniga Genki Xaraguchi tushdi

80. Yaponiyani o'z jarima maydoni ichiga "qamadik". Gol kerak gol! 

77. Ajoyib! Turg'unboev katta tezlikda hujumga o'tdi, to'pni Rashidovga uzatdi, ammo Sardor to'pni oldirib qo'ydi...

76. O'zgarish. O'zbekiston. Fozil Musaev o'rniga Sardor Rashidov tushdi. Mana imkoniyat o'zingni ko'rsat Sardor!

75. Kechagina Portugaliya klubiga o'tgan Sardor Rashidov maydonga tushishga tayyor

73. ZARBAA! Yaponlar jarima to'pini amalga oshirishdi, darvozaga yo'llangan zarba noaniq ketdi. Juda xavfli edi

72. Ogohlantirish. O'zbekiston. Egor Krimec sheriklari qilgan xatoni to'g'rilash yo'lida sariq oldi

72. Futbolchilarimiz hozir bir birlariga urilib ketishdi, bu nimasi? Yigitlar o'zingizga kelinglar  

70. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Marat Bikmaev tushdi

69. Ogohlantirish. O'zbekiston. Farrux Sayfiev

69. Marat Bikmaev hozir maydonga tushadi

68. Goldan so'ng Yaponiya biroz xotirjamlikka berildi. Vakillarimiz hujumni ko'paytirishdi.

65. O'zgarish. O'zbekiston. Dostonbek Hamdamov o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi

63. Maydonga tushishga Azizbek Turg'unboev tayyorlanmoqda, debyut bo'ladi Osiyo Kubogida.

58. GOL! 2:1. Cukasha SHiotani gol urdi. Himoyachilarimiz qaytargan to'pni "Al Ayn" futbolchisi kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi!

57. XAVFLI VAZIYAT! Yaponlar bosimni oshirishmoqda, o'ng qanotdan oshirilgan to'pni Islom To'xtaxo'jaev sal qolsa o'z darvozasiga kiritib qo'yay dedi .

56. Yaponlarga nimadir bo'ldi, ketma ket hujumlar, zarbalar! Dastlab Muto zarba berdi, keyin Inui omadini sinab ko'rdi. Yaxshiki noaniq bo'ldi zarbalar.

54. ZARBAA! Yaponlar tezkor ravishda qarshi hujumga o'tishdi, Junyaning kuchli zarbasini Nesterov qaytardi.  Ajoyib seyv! Ortimizda o'tirgan yaponiyalik TV sharhlovchilarining ovozlari bir baland bo'lib pasaydi. 

52. Xavfli vaziyat. Vakillarimiz hujum qilishdi, biroq darvozaga zarba berilmadi

49. Jarima to'pini SHukurovning o'zi amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi. 

48. Ogohlantirish. Yaponiya. SHiotani hozir Otabek SHukurovni yiqitdi va sariq kartochka oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi. 



45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:1.

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOL! 1:1. Yaponlar o'ng qanotdan hujumga o'tishdi va havodan to'p uzatildi. Yoshinori Muto boshi bilan Nesterov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi VIDEONI TOMOSHA QILISH

40. Eldor SHomurodov o'ng qanotdan to'pni egallab olib hujumga o'tdi va ikki nafar himoyachini gangiratib qo'yib o'ng oyoqda darvozani ishg'ol qildi! Musobaqadagi to'rtinchi goli Eldorning. 

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 0:1 VIDEONI TOMOSHA QILISH

36. Xavfli vaziyat! Eldor SHomurodov deyarli birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq bo'ldi zarba.

35. ZARBAAAAAAA! Koya Kitagavaning kuchli zarbasini Nesterov qaytardi! Burchak to'pi 

33. Ogohlantirish. Yaponiya. Yoshinori Muto Krimecga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq oldi.



28. Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi. Keyinroq SHukurov qoida buzdi va hujum to'xtadi.

25. O'yin shiddati biroz tushgandek. Baribir jamoalarning keyingi bosqichga chiqib bo'lgani sezilmoqda. Ehtiyotkor tarzda o'ynamoqda ikki jamoa ham.

21. Uchrashuv boshida stadionga kelgan o'zbekistonlik muxlislar alohida alohida o'tirishgandi. Hozir esa ular birlashib, bitta sektordan joy olishdi.

20. UXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX! NESTEROOOOOOOOOOOOOV! Yaxshiyam sen bor. Yaponiyaning juda tezkor hujumidan so'ng Ignatiy jamoamizni muqarrar goldan qutqardi! 


19. Vakillarimiz ko'proq hujumga o'tishmoqda, Hamdamovga uzatilgan to'p darvozaga bormadi.

16. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Bizning birinchi hujumimiz, o'ng qanotda Hamdamov ajoyib tarzda raqibni ortda qoldirib darvoza qarshisida turgan SHomurodovga to'p uzatdi, Eldorning zarbasi darvoza yuqorisidan ketdi. Stadionga yig'ilgan muxlislar bir o'rinlaridan qalqib tushishdi.

14. Hozir raqiblar hujum uyushtirayotganda to'p Otabek SHukurovning qo'liga tegdi. Yaponiya jarima to'piga ega bo'ldi. Ito Junyaning to'p uzatishidan keyin Makino zarba berdi, noaniq. Bundan tashqari u offsaydda edi

12. Yaponlar hozir xavfli hujum tashkil etishdi. Himoyachilarimiz bir amallab xavfni qaytarishdi. Ogohlik qo'ng'irog'i edi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga hujumga eta olganida gol o'tkazib yuborgan bo'lardik...

11. Jamoamiz hujumga o'tdi, ammo to'purarimiz SHomurodov Genta Miurani yiqitgani uchun hujum to'xtab qoldi

9. Yigitlarimizda umuman qo'rquv yo'q. Yaponiya bilan tengma teng o'ynayapmiz.



6. Bu stadionning shundoqqina ortida adir bor. Ushbu adirning ustiga chiqib olib bemalol tekinga futbol tomosha qilish mumkin. Hozir ham mana shunday muxlislar bor.

5. O'yinda gol bo'lsa uni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH

3. Farrux Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'piga hech kim eta olmadi. Aks holda... boshlanishi chakki emas yigitlar.

1. Ilk daqiqadan vakillarimiz hujumga o'tishdi, Aliboevning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Burchak to'pini esa yaponiyalik himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Bugun jamoamizni Ignatiy Nesterov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan.

- Endi O'zbekiston davlat madhiyasi! Hamma birgalikda!

- Dastlab Yaponiya davlat madhiyasini tinglaymiz.

- Diqqat qiling Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalari maydonga tushib kelishmoqda.

- "Xalifa bin Zayd"da o'yindan oldingi tadbirlar boshlanib ketdi. Ikkala jamoaning katta libosi va o'rtada Osiyo Kubogi logotipi tushirilgan katta banner maydonga olib chiqildi.

- Stadionga hozircha u qadar ko'p muxlis kelmagan, biroq tez orada o'zbekistonlik muxlislar stadionga kirib bayramni boshlab yuborishlariga shubha yo'q.

- O'zbekistonlik muxlislar oilaviy tarzda stadionga kelishmoqda


- Ikkala jamoa azolari o'yinoldi mashg'ulotlarni bajarishdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Al Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionidan yozamiz.


Japan

Yoshinori Muto - 43', Tsukasa Shiotani - 58'

Asian Cup Grp. F . 3-tur

17/01/2019, 17:30

1
:
2
Tugadi

Uzbekistan

Eldor Shomurodov - 40'

Stadion: Khalifa Bin Zayed Stadium, 7005 tomoshabin

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed

45'
90'
33'  Yoshinori Muto
43'  Yoshinori Muto
43'  Sei Muroya
48'  Tsukasa Shiotani
58'  Tsukasa Shiotani
81'  Takashi Inui (Genki Haraguchi)
85'  Yoshinori Muto (Wataru Endo)
90'  Koya Kitagawa (Takehiro Tomiyasu)
40'  Eldor Shomurodov
40'  Dostonbek Khamdamov
65'  Dostonbek Khamdamov (Azizbek Turgunbaev)
69'  Farrukh Sayfiev
70'  Eldor Shomurodov (Marat Bikmaev)
72'  Yegor Krimets
76'  Fozil Musayev (Sardor Rashidov)



Osiyo Kubogi-2019.
"F" guruhi, 3-tur.
YAPONIYA - O'ZBEKISTON 2:1
17 yanvar 2019. Al Ayn. "Halifa Bin Zayed" stadioni. (18:30 Toshkent vaqti)

Bosh hakam
: Muhammad Abdulla Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)
Darvoza ortidagi hakamlar: Ammar Al Junaybi (BAA) va Ali Saboh Al Qaysi (Iroq)
Zaxira hakami: Xup Veyming (Xitoy)
Gollar: Eldor SHomurodov 40, - 0:1. Yoshinori Muto 43, - 1:1. Cukasa SHiotani 57, - 2:1.
Yaponiya (4-2-3-1): 23.Daniel SHmidt, 3.Sei Muroya, 20.Tomoaki Makino, 2.Genta Miura, 4.SHo Sasaki - 17.Toshixiro Aoyama, 18.Cukasa SHiotani - 14.Junya Ito, 11.Koya Kitagava (16.Takexiro Tomiyasu, 90+3), 10.Takashi Inui (8.Gengi Xaraguchi, 81) - 13.Yoshinori Muto (6.Vataru Endo, 85).
Zaxira: 1.Masaaki Xigashiguchi, 5.Yuto Nagatomo, 7.Gaku SHibasaki, 9.Takumi Minamino, 12.SHuichi Gonda, 15.Yuya Osako, 18.Tomiyasu Takexiro, 19.Xiroki Sakay, 21.Ritsu Doan, 22.Maya Yoshida

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 15.Egor Krimec, 4.Farruh Sayfiev - 18.Fozil Musaev (7.Sardor Rashidov, 76), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov (16.Azizbek Turg'unboev, 65), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev - 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 69).
Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 2.Akmal SHorahmedov, 13.Oleg Zoteev, 11.Jaloliddin Masharipov, 9.Odil Ahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 23.Odil Hamrobekov.

Ogohlantirishlar: Yoshinori Muto 33, Cukasa SHiotani 48, Farrux Sayfiev 69, Egori Krimec 72,



- Bugungi uchrashuvda jamoalar bir xil taktik sxemada o'ynashlari kutilmoqda. Tarkibga qaraydigan bo'lsak, Xajime Moriyasu va Kuper odatdagidek 4-2-3-1 taktik sxemani tanlashgan. Yaponiyada himoya markazida Miura Genta va Makino Tomoaki joylashishgan. Qanot himoyasida esa o'ngda Muroya Sei, chapda Sasaki SHo harakat qilishi kutilmoqda. Tayanch zonasi esa Toshixiro va SHiotani bilan to'ldirilgan. Hujumchi ortida Kitagava Koya harakatlansa, qanot vingerlari rolida Takashi Inui hamda Ito Junya o'ynaydi. Nominal hujumchi sifatida Muto harakat qilishi mumkin. Terma jamoamiz tarkibiga etibor beradigan bo'lsak, qanot himoyasida o'ngda Davron Hoshimov, chapda Farruh Sayfiev o'ynaydi. Tayanch hududini himoya qilish Fozil Musaev va Otabek SHukurovga ishonib topshirilgan. Hujumchi ortida Javohir Sidiqov o'ynaydi. Qanotda o'ng tarafda Doston Hamdamov, chapda Ikrom Aliboev harakat qiladi. Hujumda esa to'purarimiz Eldor SHomurodov o'ynaydi.

- Yaponiya bosh murabbiyi mazkur bahsda jamoaning 8 nafar asosiy etakchilar sanalgan Yuto Nagotomo, Gaku SHibasaki, Genki Xaraguchi, Gonda SHuichi, Tomiyasu Takexiro, Xiroki Sakai, Doan Ritsu, Maya Yoshida kabi futbolchilarni zaxirada qoldirdi. Kuper esa Ahmedov, Ismoilov va Masharipovni bugun asosiy tarkibga kiritmadi. SHuningdek, qanot himoyachilari Akmal SHorahmedov va Oleg Zoteev ham uchrashuvni zaxira o'rindig'ida kuzatishadi.

- Etiborlisi, Yaponiyaning boshlang'ich tarkibida avvalgi bahslarda hali umuman o'ynamagan 7 nafar futbolchi o'rin olgan. Bular Miura Genta, Muroya Sei, Sasaki SHo, Inui Takashi, Aoyama Toshixiro, Tsukasa SHiotani va darvozabon Daniel SHmidt. SHu tariqa Xajime Mirayasu Osiyo Kubogiga olib kelgan 23 nafar futbolchidan 22 nafarini maydonga tushirishga ulgurdi. Faqatgina 3 zaxira darvozaboni sanalgan Xigashiguchi Masaaki hozircha Osiyo Kubogida maydonga tushgani yo'q.


Malumot o'rnida:

- BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogi vakillarimiz uchun 7-ishtirok. Terma jamoamiz 1996 yilgi qita chempionatidan boshlab ketma-ket etti bor Osiyo Kubogida uzluksiz ishtirok etib kelishmoqda.

- Eng yomon natija: OK-1996 va OK-2000 guruh bosqichi

- Eng yaxshi natija: OK-2011 yarim final

- O'zbekiston terma jamoasi hozirgacha musobaqa tarixida jami 26 uchrashuvda maydonga tushgan - 13 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat (to'plar nisbati - 41:45)

- O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalarining o'zaro o'yinlaridagi ustunlik yaqqol samuraylar tarafida - 6 mag'lubiyat, 3 durang va 1 g'alaba.

- Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogida g'olib chiqish borasida rekordchi sanaladi. Ular 4 karra Osiyo chempioni.

- Yaponiya bilan Osiyo Kubogida bunga qadar ikki bor to'qnashganmiz va mazkur bellashuvlar biz uchun sharmandali mag'lubiyatlar bilan tugagan - 0:4 (OK-1996), 1:8 (OK-2000)

- O'zbekiston terma jamoasi uchinchi bor guruh bosqichini ikkita g'alaba bilan boshladi - 2004, 2011, 2019

- O'zbekiston mazkur musobaqadagi o'tgan ikki turda jami 912 marotaba to'p uzatmani amalga oshirgan. SHulardan 769 tasi mo'ljalga aniq borgan. Yani, foiz ko'rsatkichida terma jamoamiz uzatmalarining 84,3 foizi to'g'ri chiqqan.

- Yaponiya musobaqadagi o'tgan ikki o'yinda jami 1130 marotaba uzatma oshirgan. SHulardan 965tasi aniq borgan. Yaponiyaning uzatmalari foiz ko'rsatkichida 85,3 foiz aniq amalga oshirilgan.

- FAKT: Yaponiya terma jamoasining o'tgan ikki turdagi aniq uzatmalari (965) O'zbekiston terma jamoasining umumiy hisobdagi uzatmalaridan (912) ko'proq.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi dastlabki gol mualliflariga aylangan futbolchilar: (1996-Igor SHkvirin), (2000-Mirjalol Qosimov), (2004-Mirjalol Qosimov), (2007-avtogol), (2011-Odil Ahmedov), (2015-Igor Sergeev), (2019-Odil Ahmedov).

Fakt: O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari Osiyo Kubogida ilk marotaba aynan Al Ayn shahrida to'qnash kelishgan va unda samuraylarning qo'li baland kelgandi - 0:4.

Reyting: +113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика