So’nggi yangiliklar

02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  2 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  24 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  0 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  0 00:35Файзуллаев гол урди, бироқ ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:33Эрон. Машарипов гол урган баҳсда "Истиқлол" ғалабага эришди  1 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  7 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  8 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  15 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  23 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  11 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  12

Osiyo Kubogi oldidan. Aleksandr Geynrix: "Suriya ertaga hech narsa qila olmaydi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi oldidan. Aleksandr Geynrix: "Suriya ertaga hech narsa qila olmaydi"

Osiyo Kubogi oldidan futbolimiz tarixidagi yorqin nomlarning fikrlarini olishni davom ettiramiz.

Malumot uchun, Geynrix O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo Kuboklarida eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U 3ta Osiyo Kubogida 12ta o'yinda maydonga tushgan va 6ta gol urgan. 

- O'zbekiston terma jamoasidan Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Ilk o'yin va umuman musobaqadan kutayotgan asosiy narsangiz nima?

- Osiyo Kubogi qiziqarli turnir. Jamoamizning imkoniyatlari katta. Afsuski, tarkibimizda yo'qotishlar bor. Bu achinarli holat. Men yigitlarga ishonaman, ular yaxshi saviyada va buni ko'rsatishlari kerak. Avvalo men maydonda ularning ko'zida olov va fidoyilikni ko'rishni istayman. Harakatlar ish bermasa ham jon berish va kurashish kerak. Bizda mahorat bor. Terma jamoamizga omad tilayman. 

- Suriya bilan o'yinlarda doim qiynalganmiz. So'nggi 2ta rasmiy o'yinda 1ta gol o'yin taqdirini hal qilgan. Ertaga birinchi golni urib olsak marra biznikimi?

- Birinchi o'yin, hissiyotlar bo'lishi aniq. Lekin biz kuchliroqmiz. Futbolchilarimiz individual jihatdan Suriyaning istalgan futbolchisidan kuchli. His-tuyg'ularni ikkinchi o'ringa qo'yib, xotirjam o'yinashimiz kerak. O'z imkoniyatlarimizni ishga solish lozim. Himoyada xato qilmaslik zarur. Suriya hech narsa qila olmaydi. Bu uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi, boshqacha bo'lishi mumkinmas.  

- Ko'pchilik bu turnirni 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi bilan solishtirmoqda...

- O'sha musobaqadan takrorlanmas hissiyotlar qolgan. Men ko'proq narsani istagandim. Sovrinli o'rinlardan birini egallashimiz mumkin edi. Men bu safar medal kutyapman. Biz doim yaqin kelamiz. Lekin sovrin qo'lga kirita olmaymiz. Menimcha Osiyoda sovrindor bo'lishga haqlimiz. Yaponiya, Koreya, Avstraliya kabi raqiblarni yutish vaqti keldi. 

- 2016 yil Suriya bilan o'yindagi selfi tasodif edimi?

- Suriya bilan o'yindan oldin Nodirxo'ja mashg'ulotimizga kelgan edi. U bilan hazil qilib gaplashdik va biror narsa o'ylab ko'rishimiz kerak, degan xulosaga keldik. Selfi qilishga kelishib oldik.  Nodirxo'jaga: "Ertaga darvoza ortida tur, men gol uraman",- dedim (kuladi). 

Yanada ko'p intervyular bu erda → Pressball

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика