Osiyo Kubogi. Ikkinchi o'yinda ham yirik hisob
11 jan 2019 20:15
Yangiliklar


Osiyo Kubogi. Ikkinchi o'yinda ham yirik hisob
Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.
Philippines |
Asian Cup Grp. C . 2-tur 11/01/2019, 18:30 3
:
0
Tugadi
|
China Lei Wu - 40', Lei Wu - 66', Dabao Yu - 80' |
Stadion: Mohammad Bin Zayed Stadium, 16013 tomoshabin
Bosh hakam: Hiroyuki Kimura
Ayni vaqtda zarbalar bo'yicha 3:1. Xitoylik futbolchilar foydasiga.
Xitoyliklarga nisbatan Falastinlik futbolchilar qo'pol o'ynashmoqda. Ehtiyot bo'lish kerak!
40-daqiqada Vu Lei hisobni ochdi. SHunchaki super gol! Bekxem uslubida
Vu Lei terma jamoa safida 61-uchrashuvini o'tkazmoqda va 14-golini kiritdi.
Tanaffus arafasida Ingreso juda kuchli va xavli zarba yo'lladi. Darvozabon bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
51-daqiqada Vu Leyning ajoyib zarbasini darvozabon qaytardi.
66-daqiqada hisob o'zgardi. Vu Leyning yana bir ajoyib zarbasi golga aylandi. CHiroyli!
79-daqiqada Vu Luy xet-trik qayd etishi mumkin edi. Ammo zarbani filippinliklar posboni qaytarib yubordi.
80-daqiqada zaxiradan tushgan YU Dabao hali oyoq bilan to'pga tegmasidan boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni yiriklashtirdi. Lippidan ajoyib o'zgarish!
Osiyo Kubogi-2019. "C" guruhi
FILIPPIN - XITOY 0:3
Abu-Dabi. "Muhammad Bin Zayed" stadioni.
Gol: Vu Ley (40, 0:1), Vu Ley (66, 0:2), YU Dabao (80, 0:3).
Filippin - 15. Mixael Falkesgard, 2. Alvaro Silva, 3. Karlos Alberto (Fil Yangxazbend, 66), 4. Jon-Patrik SHtraus (8. Manuel Ott, 86), 6. Lyuk Vudland, 11. Daysuke Sato, 12. Stefan Palla, 14. Kevin Ingreso, 17. Stefan SHryok, 18. Patrik Reychelt (19. Kyurt Dizon, 88), 20. Xaver Patino.
Xitoy - 1. Yang Junling, 4. SHi Ke, 5. Jang Linpeng, 6. Feng Ksiaoting, 7. Vu Lei, 8. Jao Ksyuri (20. YU Xanchao, 72), 10. Jeng Ji (13. CHi Jongguo, 83), 11. Xao Junmin, 15. Vu Ksi, 18. Gao Lin (22. YU Dabao, 80), 19. Liu Yang.
Ogohlantirish: Alvaro Silva (34), Daysuke Sato (55), Feng Ksiaoting (73).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar