Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichiga qura tashlash marosimi qachon o'tishi malum
14 dek 2021 10:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673218_original.jpg)
![](/upload/storage/673218_220.jpg)
Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichiga qura tashlash marosimi qachon o'tishi malum
OFK 2023-yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qura tashlash marosimi vaqtlarini malum qildi.
Unga ko'ra, 2022 yilning 24 fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qura tashlash marosimi onlayn tarzda o'tkaziladi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg'iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Saralash bahslari 2022 yilning iyun oyida markaziy tarzda o'tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o'yindan iborat bo'lib, jamoalar ushbu bosqichda 8, 11 va 14 iyun kunlari 3 ta o'yin o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 0
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar