So’nggi yangiliklar

08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3

Osiyo kubogi-2023. Qatar ochilish o'yinida Livan ustidan yirik g'alabaga erishdi! Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Qatar ochilish o'yinida Livan ustidan yirik g'alabaga erishdi!

Qatar va Livan terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogi-2023 ochilish o'yini bo'lib o'tdi.

Qatar — Livan 3:0

Gollar: Akram Afif (45, 90+6), Almoez Ali (56)

Qatar: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korreya, 3. Ali Muhtor ad-Mahdi, 4. Muhammad Vaad al-Bayati, 6. Abdulaziz Hatim, 9. Yusuf Abdurisag, 10. Hasan al-Haydos, 11. Akrom Afif, 12. Lukas Mendes, 19. Almuoz Ali, 20. Ahmad Abdulla.

Zaxira: 1. Saad al-SHib, 23. Mustafo Tariq, 5. Tariq Salmon, 7. Ahmad Alouddin, 13. Holid Mazid, 14. Humam Ahmad, 15. Bassam Husham, 16. Bualem Huhi, 17. Ismoil Muhammad, 21. Saloh Zakariya, 24. Jassim Gaber, 25. Ahmad al-Ganexi.

Livan: 21. Mustafo Matar, 4. Nur Mansur, 5. Nassar Nassar, 6. Hussayn Zayn, 7. Hassan Matuk, 10. Muhammad Haydar, 12. Robert Aleksandr, 16. Volid SHur, 18. Qosim El Zeyn, 20. Ali Tneich, 22. Bassel Jradi.

Zaxira: 1. Mehdi Halil, 23. Ali Sabih, 2. Yahyo El Hindi, 3. Mohir Sabra, 8. Hassan Saad, 9. Hilol al-Helve, 11. Omar CHaaban, 13. Halil Hamis, 17. Ali al-Haj, 19. Daniel Kuri, 24. Gabriel Bitar, 25. Hasan Srur.


Qatar

Akram Afif - 45', Almoez Ali - 56', Akram Afif - 90'

Asian Cup Grp. A . 1-tur

12/01/2024, 20:00

0
:
3
Tugadi

Lebanon

Stadion: Lusail Stadium, 82490 tomoshabin

45'
90'
45'  Akram Afif
45'  Almoez Ali
56'  Almoez Ali
56'  Mohammed Waad
57'  Yusuf Abdurisag (Ismael Mohammad)
57'  Hassan Al Haidos (Mostafa Meshaal)
72'  Mohammed Waad (Homam Elamin)
78'  Almoez Ali (Ahmed Alaaeldin)
79'  Abdulaziz Hatem (Jassem Gaber)
86'  Ahmed Alaaeldin
90'  Pedro Miguel
90'  Akram Afif
51'  Mohamad Haidar
70'  Hassan Maatouk (Hilal El-Helwe)
70'  Waleed Shour (Hasan Srour)
70'  Mohamad Haidar (Omar Bugiel)
80'  Bassel Jradi (Gabriel Bitar)
80'  Hasan Srour
87'  Nassar Nassar (Soony Saad)


O'YIN YAKUNLANDI!

90+6. Afifdan dubl! Akram raqibning xatosidan foydalangan holda jarima maydonchasi ichiga kirib raqib posbonini dog'da qoldirdi.

90+3. CHaaban! Yana bir ajoyib vaziyat! Uning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasini qatarlik posbon to'g'ri poziciya egallagani sabab osonlik bilan ushlab oldi.

90. Eronlik hakam ikkinchi bo'limga 10 (!) daqiqa qo'shib berdi.

90. Navbatdagi sariq kartochka. U Qatar terma jamoasi himoyachisi Pedro Migelga ko'rsatildi.

88. Afif jarima maydonchasi ichida yiqitlgandek ko'rindi. Ammo, Fag'oniy bu erda folni qayd etmadi.

87. CHaaban! Livanlik o'yinchi navbatdagi vaziyatdan foydala olmadi. Uning raqib xatosidan so'ng bergan zarbasi noaniq ketdi.

86. Livanda o'zgarish: Nassar o'z o'rnini Saadga bo'shatib berdi.

86. Markazda livanlik o'yinchiga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatilgan edi. Fag'oniy vaziyatning tugashini kutdi va undan keyin Alavuddinga kartochkani ko'rsatdi.

83. Livan so'nggi daqiqalarda jon-jahdi bilan hisobni qisqartirishga urinmoqda.

81. Qo'pol harakati uchun Livan terma jamoasi himoyachisi Srur hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

80. Livanda o'zgarish: Bitar Jradini almashtirdi.

79. Livanda yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Omar CHaaban darvozabonni aldab o'tdi-yu, uyog'iga darvoza tomon zarba yo'llashga imkon topa olmadi.

78. O'yin qahramonlaridan biri Almoez Ali o'yinni tark etdi, bundan buyog'iga uning o'rnida Ahmad Alouddin harakat qiladi. Yana bir o'zgarish: Jassem Xatimni almashtirdi.

74. Livanda yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi. Qanotdan uzatilgan to'pni Omar CHaaban o'ziga yaxshi o'nglab ololmadi.

72. O'zgarish navbatda qatarliklarda: Homam Ahmed Muhammad Vaadni almashtirdi.

70. Livan safida bir yo'la uch o'zgarish. Maydonni Matuk, SHour, Haydar tark etdi, ularning o'rniga El Helve, Srur va Bugiel tushirildi.

69. Livanliklar ham biroz "jonlanishdi". Qanotdan Jradiga yo'nalgan to'pni qatarlik o'yinchilar maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi.

66. Ha, birinchi bo'limdan farqli ravishda ikkinchi bo'limda Livan terma jamoasi darvozasi oldida ko'proq xavfli vaziyatlar yaratilmoqda.

61. Qatardan yana bir xavfli vaziyat. Livanlik o'yinchining xatosidan so'ng Hatim hisobni yirik ko'rinishga olib kelishi mumkin edi, ammo raqib to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

57. Qatar terma jamoasida ikki o'zgarish. Muhammad va Meshaal Abdurisag va Al Haydosni almashtirdi.

56. GOOOOL! Navbat Almoez Aliga! Qatarliklar hujumchisi jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi.

51. O'yindagi ilk sariq kartochka Livan terma jamoasi o'yinchisi Haydarga ko'rsatildi.

47. Livan o'yinchisi qanday imkoniyatdan foydalana olmadi! Jradi Haydarning harakatlarini ko'kka sovurdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOOOOOL!!! Afif hisobni ochdi, Almoez esa assist sohibi. Qatar etakchilaridan biri jarima maydonchasi ichidan mohirona bergan zarbasidan so'ng darvoza ishg'ol etildi.

42. Follar statistikasi bo'yicha vaziyat teng. Ikki jamoa ham uchtadan qoida buzishdi.

36. Xavfli vaziyat! Qatarlik futbolchilar penalti talab qilishmoqda. Abdulaziz Hatimning tepgan to'pi raqib qo'liga tegdi, ammo atayin o'ynamaganligi sabab hakam hech narsa bo'lmadi deb topdi.

34. Yusuf qiyin vaziyatda mezbonlar uchun ilk burchak zarbasini ishlab berdi.

31. Uhh! Qatar golga yaqin keldi. Yusuf to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Afifning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

30. Qatarda xavfli vaziyat vujudga keldi. Almoez Ali qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirdi, ammo raqibini alday olmadi.

25. Mehmonlardan navbatdagi zarba. Hussayn Zayn bu safar o'z omadini sinab ko'rdi, ammo mezbonlar posboni to'pni egallab oldi.

23. Livan so'nggi daqiqalarda mezbonlar darvozasi tomon zarbalar berishdan tortinmayapti.

21. Livandan javob! Hassan Matukning jarima maydonchasi cheragasidan bergan zarbasini Meshal Barsham qiyinchilik bilan qaytardi.

20. Ali Muhtor ad-Mahdi jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berdi. Darvozabon qiynalib to'pni qaytardi.

20. Qatar standart vaziyatga ega bo'lmoqda, to'p oldida Akram Afif.

16. Lukas Mendes jarohat olganga o'xshaydi. Yo'q, hammasi joyida, o'yinchi o'rnidan turdi.

13. Yo'q! Yusufning zarbasiga aniqlik etishmadi.

11. Jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pni burchak zarbasiga sabab bo'lgan Mendes bartaraf etdi.

10. Livan burchak zarbasi ishlab oldi. Mehmonlar xavfli vaziyat yuzaga keltirishlari mumkin.

8. Muxlislar o'z jamoalarini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda.

6. GOOOOOOL!!! Almoez Ali! Yo'q, hujumchi offsaydda qolib ketgani malum bo'lmoqda.
2. Mezbonlardan ilk zarba! Darvozabon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

1. O'yinga start berildi!

- Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

- Bugungi o'yinni Avstraliya chempionatida ishlayotgan eronlik Alirizo Fag'oniy boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 

- Ajoyib marosimdan so'ng jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Barchaga assalomu aleykum! Tez orada Qatar va Livan terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogi-2023 ochilish o'yini boshlanadi va ushbu bahsni birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика