So’nggi yangiliklar

20:08"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикаси билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   6 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya va Tojikiston ishtirokidagi o'yinlar prevyusi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya va Tojikiston ishtirokidagi o'yinlar prevyusi

Bugun qita turnirining nimchorak finaliga start beriladi.

Avstraliya — Indoneziya

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa 1967 yildan 2010 yilga qadar o'zaro 15 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, shularning 11 tasida Avstraliya g'alaba qozongan, bir uchrashuvda Indoneziyaning qo'li baland kelgan. Yana 3 bellashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 32-6, Avstraliya foydasiga.

Osiyo kubogidagi natijalar

Avstraliya turnirda 5 marotaba ishtirok etib, 2015 yil o'z yashil maydonlarida o'tgan qita birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritgan. Oxirgi musobaqada esa chorak finalda ishtirokini yakunlagan.

Indoneziya 4 marotaba musobaqada qatnashib, guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan. Jamoa so'nggi bor 2007 yil turnirda ishtirok etgan.

Turnirdagi ishtirok

O'zbekiston, Suriya va Hindistoni bilan birgalikda "B" guruhidan o'rin olgan Avstraliya peshqadam sifatida pley-off ishtirokchisiga aylandi.

Iroq, Yaponiya va Vetnam bilan "D" guruhida raqobat olib borgan Indoneziya 3-o'rin bilan 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Avstraliya terma jamoasini 41 mln evro, Indoneziya terma jamoasini esa 8.9 mln evroga baholagan.

Avstraliyaning eng qimmat futbolchisi Harri Suttar (11 mln evro), Indoneziyada esa Sandi Valsh (1.5 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Grem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi): "Indoneziya raqobatning kuchli ekanligini amalda ko'rsatdi. Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHu bilan birga, bo'lajak o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Biz imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etishimiz va ruhan tushkunlikka tushmasligimiz lozim. Ikkala jamoa ham maydonda bor kuchini namoyish qiladi. Indoneziya guruhda Iroq va Yaponiyaga qarshi mardonavor kurashdi, Vetnamni esa mag'lub etdi. Biz raqibning barcha o'yininin kuzatdik va o'rgandik. Mazkur bellashuvda g'alaba qozonishni rejalashtirganmiz".

SHin Tai Yong (Indoneziya bosh murabbiyi): "Bo'lajak to'qnashuv biz uchun aslo oson bo'lmaydi. Avstraliya Osiyo kubogidagi eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Raqib jismoniy kuch boarsida musobaqada eng kuchlisi. Biroq biz aslo taslim bo'lmaymiz. Hakam so'nggi hushtagini chalgunga qadar bor etiborimizni o'yinga qaratamiz."

Faktlar

- Jamoalar Osiyo kubogi doirasida ilk marotaba to'qnash kelmoqda. O'zaro so'nggi 6 uchrashuvda esa "kengurular" darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

- Avstraliya pley-off bosqichida bittadan ko'p gol o'tkazib yubormagan, ammo 2019 yilgi turnirning ikkita uchrashuvida birorta ham gol ura olmagan.

- Indoneziya musobaqadagi so'nggi 7 o'yinning 6 tasida kamida bitta gol urdi.

- Avstraliya mazkur turnir davomida ketma-ket o'rtacha 12,5 soniya to'pga egalik qilmoqda, bu eng uzun seriya hisoblanadi. Indoneziya esa bu borada faqat Gongkong va Xitoydan yaxshiroq natija qayd etgan.

Imkoniyatlar (%): 45-30-25


Tojikiston — BAA

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar shu kunga qadar ikki marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ularning birida arablar ustun kelgan bo'lsa, birida durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 2-3, BAA foydasiga.

Osiyo kubogidagi natijalar

Tojikiston o'z tarixida ilk marotaba mazkur turnirda ishtirok etmoqda.

BAA o'n marotaba musobaqada qatnashib, 1996 yil o'z yashil maydonlarida o'tkazilgan qita birinchiligida kumush medal sohibiga aylangan. Oxirgi turnirga ham mezbonlik qilgan mamlakat yarim finalda yurishini to'xtatgan.


Turnirdagi ishtirok

Tojikiston "A" guruhida Qatar, Xitoy, Livan bilan kurash olib borib, 2-o'rinni egalladi.

BAA "C" guruhida Eron, Falastin va Gongkong bilan raqobatlashib, xuddi shu pog'onani band etdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Tojikiston terma jamoasini 7.5 mln evro, BAA terma jamoasini esa 32.55 mln evroga baholagan.

Tojikistonning eng qimmat futbolchisi Rustam Yatimov (900 ming evro), BAAda esa Fabio Lima (6 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Petr Segrt (Tojikiston bosh murabbiyi): "BAAga qarshi o'yinda to'qson daqiqa jang qilamiz. Yana bir tarixiy o'yinni o'tkazamiz deb umid qilaman. Men aynan shuni istamoqdaman. CHunki dastlabki uch o'yinda ajoyib futbol ko'rsatdik. Biz o'z orzularimiz tomon harakatlanyapmiz. Imkoniyatimiz bormi, oldinga borish kerak. Biz ortiq guruh bosqichida emasmiz. pley-offga chiqqanimiz katta sensaciya bo'ldi, ammo biz hozir yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Har bir inson ko'prog'ini istaydi. Kiyinish xonasida ham uyga qaytish haqida gapirmayman, albatta. Faqat va faqat g'alabani maqsad qilganmiz. O'z imkoniyatimizni tahlil qilamiz, qancha yoqilg'imiz borligiga qaraymiz. BAAga qarshi jang qilamiz".

Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): "Tojikistonning shu paytga qadar qayd etgan natijalaridan keyin ularga engil ko'z bilan qarash xato bo'ladi. Ular himoyalanishda mustahkam, hujumga yondashishda ham yaxshi harakat qilishadi. SHu bois, raqib bizni ko'p kuch sarflashga majbur etadi. Raqibning kuchli jihatlariga ko'zdan qochirmasligimiz kerak. Biz o'zimizni favorit deb hisoblamaymiz".

Faktlar

- Debyutida 1/8 finalga yo'l olgan Tojikiston Yaponiyadan keyin (1992) dastlabki pley-off bosqichida g'alaba qozongan jamoaga aylanishi mumkin.

- BAA so'nggi ikki musobaqada yarim finalga qadar etib kelishni uddaladi, biroq jamoa pley-off bosqichlaridagi oxirgi 5 o'yinning 4 tasida ikki yoki undan ko'proq gol o'tkazib yubordi.

- BAAning Osiyo kubogidagi so'nggi 7 golidan uchtasi penaltidan urilgan.

- Ehsoni Panjshanbe golli imkoniyat yaratish bo'yicha "A" guruhida eng yaxshi natija qayd etdi — 7 ta. Abdulla Ramadan esa 6 ta vaziyat yaratgani bilan "C" guruhidagi barcha futbolchi orasida uchinchi bo'ldi.

Imkoniyatlar: 30-30-40

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика