So’nggi yangiliklar

12:00Суперлига 17-тур учрашувларига расмийлар тайинланди: "Насаф" – "Андижон" ўйинида Нажафалиев, "Сўғдиёна" – "Пахтакор" баҳсида Норсафаров ишлайди   0 11:31Хитойнинг Shineray SWM бренди "Пахтакор"нинг "олтин" ҳомийсига айланди  2 11:12МЮ 50 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  1 11:01"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Жамолиддинов Муҳаммадали  1 10:40Роналду ва унинг севгилиси ўртасида келишув бор. Ажрим юлдузга жуда қимматга тушиши мумкин  5 10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  4 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  1 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  4 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  3 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  6 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  3 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  7

Osiyo Kubogi-2019dan shu kungacha kundalik. Avaz aka, Jama, CA va MTJ haqida Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019dan shu kungacha kundalik. Avaz aka, Jama, CA va MTJ haqida

Shampionat.asia saytini tashkil etganimizga ham 8 yildan oshdi.

2010 yil dekabr oyida ish boshlagan 2 kishidan iborat sayt 1 oy o'tib Qatarda bo'lib o'tgan qita chempionatiga yo'l olgan edi.

QATARDAN BAAGACHA

O'shanda Toshketdagi ishlarni Narzullaga tashlab, o'zim Qatar yashil maydonlarida ijod qildim. Bu faoliyatimdagi ilk yirik musobaqa bo'lganligi uchun hayotimda keyinchalik katta maktab vazifasini o'tab berdi. Bugun xuddi shu sayt azolari bilan BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogida Sizlar uchun eng so'nggi malumotlarni etkazish bilan bandmiz. 8 yil avval 1 kishi bilan musobaqada ishlagan saytimiz, 11 kishilik guruh bilan chempionatga tashrif buyurdi. Bunga so'nggi yillarda qilingan mehnat va muxlislarning ishonchi sabab bo'ldi deb ayta olaman.


Keyingi Osiyo Kubogi qaerda bo'ladi degan savol barchangizda bo'lsa kerak, to'g'rimi? Hozircha Xitoy va Janubiy Koreya mezbonlik uchun kurashda final bosqichiga chiqqanlar. Mazkur ikki davlatdan biridagi musobaqa yoz faslida bo'lib o'tishi aniq bo'lib ulgurgan. Yodingizda bo'lsa 2004 yilgi Osiyo Kubogi aynan chin yurtida tashkillashtirilgandi. Yoz faslida bo'lishi kutilayotgan musobaqa O'zbekistonni yana yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishiga sabab bo'lishi mumkin. Sababi mavsum tugagan chempionat vakillari uchun yanvar oyi noqulay bo'layapti. Yoz fasli esa bahorda boshlanadigan chempionatimizda ishtirok etadigan futbolchidar uchun ayni muddao.

BAAdagi musobaqa Qatardagisiga o'xshamasada, OFKning harakatini ko'rib turibmiz. Qatardagi musobaqaga Doxa shahrini o'zi mezbonlik qilganligi uchun ham ko'p qulay imkoniyatlarga ega bo'lgan edik. BAAda esa shaharlar o'rtasida o'ziga yarasha masofalar mavjud.

BAAdagi musobaqada asosan yigitlarimiz ishlayaptilar. Men va Gayrat (sherigim) ularni chetdan nazorat qilib turibmiz. Keyingi Osiyo Kubogi, o'xshab qolsa JCH-2022da ular bizning ko'magimissiz ishlay olishlari kerak bo'ladi. SHuning uchun ham bu musobaqada deyarli maqolalar bilan ishtirok etmayapman.

JAMA
Kecha shaharda Jamshid Iskanderovni ko'rib qoldim. SHota tomonidan "ignor" qilingan o'yinchi. Ko'rasiz, 2019 yilgi mavsumda u eng yaxshi o'yinlarini ko'rsata oladi. Bu futbolchini tushunish kerak edi xolos. To'g'ri, aytishingiz mumkin, boshida imkon berildi-ku deb. Lekin Iskanderov na Isma, na Tiagoga berilgan imkoniyatga ega bo'lmadi. Ular mavsum so'nggiga kelibgina o'ynab ketdilar. Futbol o'zi shunaqa. Bugun bu erda, ertaga kim biladi qaerda? "Lokomotiv" yomon ko'rinmayapti. Ko'plab futbolchilar tark etayotgan bo'lsada, jamoa chempionlik uchun "tashashi" aniq. Bugun O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumaniga tashrif buyurgan Anzur Ismoilov bilan biroz suhbatlashib o'tirdik. Keyingi yil ham katta ehtimol bilan faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettirar ekan. Ayniqsa bugun saytimizda Vadim Abramovga oid xabarni eshitganimidan keyin 2019 yil o'zgacha bo'lishini bashorat qildim. AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvi endi kutilganidan ham katta qiziqishlarga boy bo'lishini aytishim mumkin xolos.
Qisqasi Jamshid Iskanderovga o'zim va unga befarq bo'lmagan muxlislar nomidan kattagina OMAD tilayman! Bos, Jama!


AVAZ AKA
Juda ham hurmat qilaman shu insonni! Hamisha yordamini ayamaydigan, OFKning etakchi mutaxassisi. Hamma musobaqada bo'lgani kabi, BAAdagisida ham Avaz akaning yordamlari juda katta bo'layapti. Ishi qancha ko'p bo'lmasin, o'zbeklarni ko'rsa quvonadigan, vaqt ajratib suhbat qurib o'tiradigan ajoyib suhbatdosh akamizning keyingi faoliyatlariga ham Jashmidga tilagan omadimni kattasini tilayman. Kuni kecha mehmonxonamizga tashrif buyurgan Avaz Berdiqulov, qo'qonlik Akramjon aka, olamsport.com sayti rahbari Kamoliddin Alimovlar bilan ancha qizg'in suhbat qurib o'tirdik. Hazil tariqasida, keyingi Osiyo Kubogini Janubiy Koreyaga berishlarini so'radik. Sababi Xitoy juda katta davlat bo'lib, 3ta tur o'yini, 3ta shaharda bo'ladigan bo'lsa, moliyaviy jihatdan OAVda juda katta muammo bo'lishi mumkin. Koreyada esa bu bir muncha arzonga aylanadi. SHaharlar ora avtobus yo'llari mavjud, transport qulay. Lekin yashash uchun Janubiy Koreyani ham arzon davlatlar sirasiga kiritmayman. Musobaqa qaerda bo'lishidan qatiy nazar ikki yurtda ham hamyurtlarimiz juda ko'p.


Telegramdagi sahifa: @Nadirkhuja Yuldashev



ERTAGA MARKAZIY OSIYO DERBISI
Turkmaniston - O'zbekiston milliy terma jamoalari o'yinida biz favorit sanalamiz. Qolaversa, futbolchilarning kayfiyatilaridan kelib chiqib yirik hisobdagi g'alabani kutishimiz mumkin. Lekin! Lekini shundaki, 5 nafar futbolchidan iborat himoyaviy o'yinni maqul ko'radigan turkmanlar o'yinga derbi sifatida qarab jiddiy qarshilik qilishlari mumkin. Agar ular o'zlarining oddiy o'yinlarini namoyish etadigan bo'lsalar birinchi gapim o'z isbotini topishi mumkin.

Ertaga bor etiborimizni Turkmaniston - O'zbekiston o'yiniga qaratishimizni aytib o'tamiz, o'ylaymanki saytimiz vakillarining BAAdagi faoliyati Sizlarga manzur bo'layapti!

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика