Osiyo Kubogi-2019. Turkmaniston - O'zbekiston. Uchrashuvdan oldingi ettita fakt
13 jan 2019 17:26
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. Turkmaniston - O'zbekiston. Uchrashuvdan oldingi ettita fakt
1. O'zbekiston Turkmaniston bilan Osiyo Kubogi doirasida faqat bir marta to'qnash kelgan. 2004 yilgi musobaqada vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
2.Turkmaniston Osiyo Kubogida jami 4ta o'yin o'tkazgan va umuman g'alaba qozona olmagan: 1ta durang va 3ta mag'lubiyat. Etiborlisi uchala mag'lubiyat ham bir to'p farqi bilan bo'lgan.
3.O'zbekiston terma jamoasi uchinchi bor guruh bosqichini ikkita g'alaba bilan boshlashi mumkin. Hamyurtlarimiz 2004 va 2011 yilda dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongandi.
4.Turkmanistonning Osiyo Kubogidagi 4ta o'yinida 15ta gol urilgan (6ta gol urgan va 9ta gol o'tkazgan). Bitta bahsga o'rtacha 3,8tadan gol to'g'ri keladi.
5.Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvini 2004 yil aynan Turkmaniston bilan bahsda nishonlagan.
6.Turkmaniston ham, O'zbekiston ham 1-turda ikkitadan gol urishdi. Faqat natijalar turlicha bo'ldi.
7.Turkmaniston terma jamoasi azosi Arslonmurod Omonov O'zbekistonning "Buxoro" klubida o'ynaydi.
Fikrlar