So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  0 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston - Ummon o'yinidan beri davom etib kelayotgan qiziq statistika Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston - Ummon o'yinidan beri davom etib kelayotgan qiziq statistika

Bugundan Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-tur bahslariga start beriladi. Ortda qolgan o'yinlar natijasi bilan tanishib chiqar ekanmiz, g'alati statistikaga duch keldik.

Etibor bering, O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan beri shu paytgacha 13ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shularning hammasida tomonlardan biri gol urib ikkinchisi ura olmadi. Yani, O'zbekiston - Ummon bahsida ikkala jamoa ham to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Undan keyin ketma-ket 13ta bellashuvda faqat bir jamoa to'p kirita olyapti.

Quyida O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan bahslar natijasini keltirib o'tamiz. 

Qatar - Livan 2:0
Tailand - Bahrayn 1:0
Iordaniya - Suriya 2:0
BAA - Hindiston 2:0
Avstraliya - Falastin 3:0
Xitoy - Filippin 3:0
Janubiy Koreya - Qirg'iziston 1:0
Eron - Vetnam 2:0
Iroq - Yaman 3:0
Saudiya Arabistoni - Livan 2:0
Qatar - KXDR 6:0
Yaponiya - Ummon 1:0
O'zbekiston - Turkmaniston 4:0

Musobaqaning ochilish o'yinidan boshlab O'zbekiston - Ummon bahsini ham qo'shib hisoblaganda bungacha 11ta o'yin o'tkazilgan bo'lib, shundan beshtasida tomonlardan biri gol ura olmagandi. 6ta uchrashuvda esa raqib darvozasiga to'p kiritish har ikki jamoaga nasib etgan. Lekin bizning 1-turdagi o'yinimiz bo'lib o'tganidan beri qiziq statistika davom etib kelyapti. 

SHu o'rinda bir savol tug'iladi: qatorasiga 13ta o'yinda bir jamoaning gol urib ikkinchisi ura olmasligi shunchaki tasodifmi yoki jamoalari orasidagi tafovutdanmi?

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика