So’nggi yangiliklar

07:14Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  7 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19

Osiyo Kubogi-2019. O'yinlar qaysi stadionlarda bo'lib o'tadi? Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. O'yinlar qaysi stadionlarda bo'lib o'tadi?

BAA mezbonlik qiluvchi Osiyo Kubogi boshlanishiga oz muddat qoldi.

Osiyo Kubogi o'yinlari 4ta shaharda joylashgan 8ta stadionda bo'lib o'tadi. Abu Dabida 3ta, Dubay va Al Aynda 2tadan, SHarjada 1ta stadion qita chempionati o'yinlariga mezbonlik qiladi. Quyida har bir stadion haqida o'quvchilarimizga malumot beramiz.


"Zayd Sports Siti" stadioni
SHahar:
Abu Dabi
Sig'imi: 43000

BAAdagi eng yirik stadionlardan biri. Aynan shu stadionda Osiyo Kubogi finali o'tkaziladi. "Barselona", "Milan" va "Real Madrid" mana shu o'yingohda klublar o'rtasidagi Jahon chempionati kubogini qo'lga kiritishgan.

1979 yilda ochilgan, 2009 yild qayta tamirlangan stadionning rasmini 200 dirhamda ham ko'rish mumkin.  

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati

5 yanvar BAA - Bahrayn
8 yanvar Iroq - Vetnam
10 yanvar Hindiston - BAA
13 yanvar Ummon - Yaponiya
17 yanvar Saudiya Arabistoni - Qatar
21 yanvar 1/8 final
25 yanvar 1/4 final
1 fevral FINAL




"Muhammad bin Zayd" stadioni
SHahar: 
Abu Dabi
Sig'imi: 42056

"Al Jazira" klubining uy stadioni. 1979 yilda 15000 tomoshabinga mo'ljallab qurilgan. 2010 yil klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan qayta tamirlanib, sig'imi kattalashtirilgan.
 
Mazkur stadion nomi Abu Dabi valiahd shaxzodasi Muhammad bin Zayd bin Sulton Al Nahyon sharafiga qo'yilgan.

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati

7 yanvar Eron - Yaman
11 yanvar Filippin - Xitoy
15 yanvar Falastin - Iordaniya
17 yanvar Ummon - Turkmaniston
20 yanvar 1/8 final
24 yanvar 1/4 final
29 yanvar 1/2 final




"Al Nahyon" stadioni
SHahar:
Abu Dabi
Sig'imi: 12000

2003 yilgi U-20 Jahon chempionati uchun qurilgan. "Al Vahda" klubi uy stadioni hisoblanadi. Osiyo Kubogi o'yinlarini qabul qiluvchi Abu Dabi shahridagi uchinchi o'yingoh.
 
Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati
6 yanvar Tailand - Hindiston
9 yanvar Yaponiya - Turkmaniston
12 yanvar Vetnam - Eron
13 yanvar Janubiy Koreya - Xitoy
22 yanvar 1/8 final




"Al Maktum" stadioni
SHahar
: Dubay
Sig'imi: 15000

"Al Nasr" klubining uy stadioni. Mazkur stadionning tashqi tomoni xuddi "Bavariya" o'yingohi kabi o'z rangini o'zgartirish xususiyatiga ega.

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati
7 yanvar Janubiy Koreya - Filippin
10 yanvar Bahrayn - Tailand
12 yanvar Livan - Saudiya Arabistoni
16 yanvar Eron - Iroq
20 yanvar 1/8 final
24 yanvar 1/4 final


 


"Rashid" stadioni
SHahar: 
Dubay
Sig'imi: 12000

"Al SHabab Al Arabi" klubining uy stadioni. To'rt yil avval bu stadion sig'imini 60 ming qilish rejalashtirilgandi. Biroq reja amalga oshmadi.

Bu o'yingohda Osiyo Kuboginig 5ta o'yini bo'lib o'tadi. Ulardan biri Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi.


Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati

8 yanvar Saudiya Arabistoni - KXDR
11 yanvar Falastin - Avstraliya
13 yanvar Turkmaniston - O'zbekiston
16 yanvar Qirg'iziston - Filippin
22 yanvar 1/8 final




"SHarja" stadioni
SHahar:
SHarja
Sig'imi: 11073

Osiyo Kubogi o'yinlarini qabul qiluvchi eng kichkina sig'imli stadion. Bu erda 2003 yilgi U-20 Jahon chempionati bahslari o'tkazilgan.

O'zbekiston terma jamoasi 2019 yilgi qita chempionatini aynan shu stadionda Ummonga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati

6 yanvar Suriya - Falastin
9 yanvar O'zbekiston - Ummon
12 yanvar Yaman - Iroq
14 yanvar Hindiston - Bahrayn
17 yanvar Livan - KXDR
21 yanvar 1/8 final




"Xazza bin Zayd" stadioni
SHahar:
Al Ayn
Sig'imi: 25965

2014 yilda kurib bitkazilgan stadion. "Al Ayn" klubi o'z uy o'yinlarini mana shu erda o'tkazib kelmoqda. Bu erda Osiyo Kubogining 8ta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati
6 yanvar Avstraliya - Iordaniya
9 yanvar Qatar - Livan
11 yanvar Qirg'iziston - Janubiy Koreya
13 yanvar BAA - Tailand
16 yanvar Vetnam - Yaman
20 yanvar 1/8 final
25 yanvar 1/4 final
28 yanvar 1/2 final



"Xalifa bin Zayd" stadioni
SHahar:
Al Ayn
Sig'imi: 16000

1996 yil qurib bitkazilgan stadion 2003 yilgi U-20 Jahon chempionati o'yinlariga ham mezbonlik qilgan. "Xazza bin Zayd" qurilgach, Al Ayndagi ikkinchi stadionga aylandi. Mazkur stadionda O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi uchinchi o'yinni Yaponiyaga qarshi o'tkazadi.

Bu stadionda o'tadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlar ro'yxati

7 yanvar Xitoy - Qirg'iziston
10 yanvar Iordaniya - Suriya
13 yanvar KXDR - Qatar
15 yanvar Avstraliya - Suriya
17 yanvar Yaponiya - O'zbekiston
21 yanvar 1/8 final



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика