So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  3 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

Osiyo Kubogi–2019 musobaqasidagi barcha jamoalarning shiori malum bo'ldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi–2019 musobaqasidagi barcha jamoalarning shiori malum bo'ldi

Kelasi yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo'yiladi.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy saytida barcha terma jamoalarning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi. Bugun OFK ovoz berish natijalarini elon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasining shiori “BIZ SHU ERDAMIZ.O'ZBEKISTON” — "HERE WE ARE.UZBEKISTAN" bo'ldi.
Endilikda ushbu shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoamizni olib yuradigan avtobusda aks etadi.

Quyida etiboringizga barcha terma jamoalarning shiorlarini keltirib o'tamiz:

“A” guruhi

BAA: “Bizning vaqtimiz keldi”
Tailand: “CHansuek. birgalikda bir tanu bir jon bo'lib”
Hindiston: “Ko'k yo'lbarslar - millat umidi”
Bahrayn: “Hech qachon “hech qachon” dema”

“V” guruhi
Avstraliya: “Qahramonlar” yuksaladi”
Suriya: “Bitta jamoa. Bitta millat. Bitta Suriya”
Falastin: “Biz g'olib bo'lamiz. Biz - Falastinmiz”
Iordaniya: “Iordaniyani faxrlanishga majbur qil”

“S” guruhi
Janubiy Koreya: “Biz qizillarmiz”
Xitoy: “Bir xil orzu uchun kurashib”
Qirg'iziston: “Oq lochinlar”
Filippin: “Iloji yo'q ish orzusida”

“D”  guruhi

Eron: “80 million odam. Bir millat. Bitta yurak urishi”
Iroq: “SHerlar hamisha g'olib chiqishadi”
Vetnam: “Oltin yulduz jangchilari”
Yaman: “Hech qachon taslim bo'lma”


“E”  guruhi
Saudiya Arabistoni: “Sahrodan qita taxti sari”
Qatar: “Biz va millatimiz ajoyibligidan faxrlanamiz”
Livan: “Kedrlar* kelmoqda”
KXDR: “CHxollima* ruhi bilan”

*Kedr – Livan ramzi bo'lgan daraxt.
*CHxollima – afsonaviy koreya qanotli oti.


“F”  guruhi
Yaponiya: “Barchani hurmat qilib, hech kimdan qo'rqmay”
O'zbekiston: “Biz shu erdamiz. O'zbekiston”
Ummon: “4 million yurak, bitta orzu”
Turmaniston: “Yashil maydon, yashil jamoa, yashil Turkmaniston”

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика