Osiyo Kubogi-2019. Musobaqada besh nafar o'zbekistonlik hakam ishlaydi
08 noy 2018 09:31
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. Musobaqada besh nafar o'zbekistonlik hakam ishlaydi
Osiyo futbol konfederaciyasi 2019 yilning 5 yanvra - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasiga taklif etilgan hakamlar, yordamchi hakamlar va boshqa rasmiylar ro'yxatini elon qildi.
Unga ko'ra Osiyo Kubogida ishlash uchun O'zbekistondan referilar Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev, shuningdek, referi assistentlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov taklif etilishgan. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev musobaqada hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.
O'zbekistonlik hakamlardan tashqari Osiyo Kubogida ishlash uchun Avstraliya, Bahrayn, Xitoy, Gonkong, Eron, Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Ummon, Qatar, Singapur, SHri-Lanka, BAAdan ham hakamlar taklif etilgan.
Fikrlar