

Unga ko'ra Osiyo Kubogida ishlash uchun O'zbekistondan referilar Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev, shuningdek, referi assistentlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov taklif etilishgan. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev musobaqada hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.
O'zbekistonlik hakamlardan tashqari Osiyo Kubogida ishlash uchun Avstraliya, Bahrayn, Xitoy, Gonkong, Eron, Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Ummon, Qatar, Singapur, Shri-Lanka, BAAdan ham hakamlar taklif etilgan.



